O`zbekiston aholisining 70 foizi zilzilaga moil zonada yashaydi

16.08.2023 13:19

Iqlim o`zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining «Iqlim o`zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, O`zbekiston aholisining qariyb 70 foizi seysmik (zilzilaga moyil) faol zonalarda istiqomat qiladi. Ko`plab binolar, ayniqsa, yakka tartibdagi uylar qurilish norma va qoidalarini hisobga olmagan holda qurilganligi sababli uy-joy qurilish ob`ektlarining 70 foizi zilzilaga bardoshli emas.

Shuningdek, hozirgi vaqtda respublika hududining 70 foizi yoki 31,4 mln. gektar maydoni tabiiy sho`rlanish, harakatlanuvchi qumlarning yoyilishi, chang bo`ronlari va garmsel shamollari esuvchi qurg`oqchil hamda yarim qurg`oqchil erlardan tashkil topgan.

Orol dengizining qurishi natijasida Orolqum deb nom olgan yangi sahro paydo bo`lib, u hozirda 6 mln. gektarga yaqin maydonni qamrab olgan. Orolbuyi xududidagi 2 mln. gektar maydonda erlarning sahrolashishi va degradasiyasi kuzatilmoqda.

«Global iqlim isishi, suv resurslarining tobora kamayib borishi, qo`shni davlatlar tomonidan transchegaraviy daryolarda turli gidrotexnika inshootlari qurilishi, suv sarfining oshishi va suvdan nooqilona foydalanish kabi omillar qurg`oqchilik xavfini yanada oshirib bormoqda», — deyiladi 2023-2030 yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o`zgarishiga chidamlilikni oshirish bo`yicha Milliy harakatlar rejasiga ilova qilingan ma`lumotda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар