Rossiyada migrantlar uchun patent narxi 4 barobarga oshadimi?

11.08.2023 09:01

Rossiya hududida mehnat qilayotgan xorijliklar uchun patent haqini to`rt baravar oshirish taklif qilinayotgani, bunga oid qonunchilikka kiritilgan tuzatish Rossiya Davlat dumasining byudjet va soliqlar bo`yicha qo`mitasiga yo`llangani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Manbasi tasdiqlanmagan xabarlarga ko`ra, hujjatni ishlab chiqqan “Spravedlivaya Rossiya” partiyasi vakillari patent uchun to`lanadigan haqni 1200 rubldan 4800 rublgacha oshirishni taklif qilishgan.

Rossiya mediasi hozircha bu haqda jim. O`zbekiston OAV manba sifatida berayotgan rus sayti esa ayni damda ochilmayapti.

Ma`lumot uchun, 2023 yilning birinchi choragida Rossiyaga ishlash uchun 1,3 million xorijlik kirgan, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 baravar ko`p.

Mehnat muhojirlarining asosiy oqimi O`zbekiston (630 859 kishi), Tojikiston (349 357), Qirg`iziston (172 591), Armaniston (47 337) va Qozog`istondan (34 783) kelgan.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yili Rossiyaga 3,5 million migrant ish izlab qariyb borgan. Ularning 90 foizdan ko`prog`ini O`zbekiston, Tojikiston va Qirg`iziston fuqarolari tashkil etadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар