Ekopartiya ilk bor nomiga mos ish yuritishga urinib ko`rmoqda

28.07.2023 13:34

Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hududida qurilishi rejalashtirilgan xalqaro avtomobil yo`li loyihasi uchun 70 mingga yaqin daraxt kesilishi ijtimoiy tarmoqlarda kattagina rezonans berdi.

Tasdiqlangan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Surxondaryo viloyati hududida 21,8 mingta, Buxoroda 28,9 mingta, ya`ni qariyb 51 mingdan ko`p daraxtning kesilishi rejalashtirilgan ekan.

Jurnalist va blogerlar tomonidan ko`tarilgan mazkur daraxtkushlik O`zbekiston Ekologik partiyasini ham fikrlashga va joyidan qo`zg`alishga majbur qildi. Aniqrog`i, Ekopartiyamiz o`zining asosiy funksiyasi nimadan iborat ekanligini ilk bor yodga olib, mazkur daraxtkushlikka nisbatan munosabat bildiribdi.

O`zbekiston Ekologik partiyasi mavjud holatni to`la o`rganib chiqish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari, olim va mutaxassilarni jalb qilgan holda hududga jo`nab ketishdi.

Biz o`rganish natijalari bo`yicha jamoatchiligimizni hamda ekofaollarimizni albatta xabardor qilamiz. Daraxtlarni saqlab qolish, atrof-muhitimizga xavf soladigan barcha holatlarni bartaraf etish choralarini ko`rish bo`yicha davlat organlariga o`z takliflarimizni beramiz va nazoratimizga olamiz”, – deyiladi Ekopartiya munosabatida.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар