Davlat xodimlari madaniy hordiq chiqarishi uchun har chorakda tadbirlar tashkil etiladi

13.07.2023 11:05

Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san`atini yanada rivojlantirishga doir Prezident qaroriga ko`ra, davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba o`z xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.

Shuningdek, quyidagilar ham tashkil etiladi:

— Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san`ati markazi;
— har yili so`z ustalari va qiziqchilar o`rtasida “Xush kayfiyat” respublika ko`rik-tanlovi;
— har ikki yilda bir marta “Tabassum” xalqaro kulgi festivali.

Bundan tashqari, har yili kamida 25 ta audiovizual asar yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi.

Bunda eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlari BHMning 50 baravari (16 mln 650 ming so`m) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ushbu qarorda belgilangan tartibda o`zining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar asosiy ish joyi orqali har oyda mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 900 ming so`m) miqdorida qo`shimcha rag`batlantirib boriladi.

2024/2025 o`quv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Farg`ona ixtisoslashtirilgan san`at maktabida “Askiya va qiziqchilik san`ati” yo`nalishi ochiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар