«Pokistonlik ‘Tolibon’ vakillarining Afg`oniston shimoliga ko`chirilishi O`zbekistonga xavf tug`diradi» — rasmiy

26.06.2023 14:27

Afg`onistonning O`zbekiston va Tojikiston davlatlari bilan chegaradosh bo`lgan shimoliy viloyatlariga Pokistonnig “Tehrik-e Tolibon” (TTP) harkati a`zolari ko`chirib olib kelingani xabar qilinmoqda.

Afg`onistondagi “Milliy junbish” partiyasi etakchisi  Marshal Abdurashid Do`stum Shimoliy Afg`onistonda Vaziristonning tashkil etilishiga munosabat bildirib, “shahidlar qabristoni”ning bosqinchilar oyog`i ostida qolishiga yo`l qo`ymasligini aytib o`tdi.

Do`stum boshchiligidagi “Milliy junbish” partiyasi bu harakatni “xorijiylarning bosqinchiligi” va “Afg`onistonni bosib olish uchun yana bir sharmandali urinish” deb atagan.

“Daryo” nashri muxbiriga tayanib yozishicha, “Milliy Junbish” partiyasi matbuot kotibi Ehson Niro partiya etakchisi Marshal Abdurashid Do`stum BMTga maktub yo`llab, Pokiston Tolibon guruhi a`zolariga Afg`oniston shimoliga ko`chib o`tishga ruxsat bermaslikni so`raganini ma`lum qilgan. Aks holda, ”Tehrik-e Tolibon” harkati Markaziy Osiyo davlatlariga xavf tug`dirishi mumkin, deb hisoblaydi partiya matbuot kotibi.

Nashr muxbiri bilan suhbatda bo`lgan siyosiy masalalar bo`yicha ekspert Asadulla Nadim ham “Tolibon” harakati TTP a`zolarini Afg`onistonning shimoliy viloyatlariga olib kelishini mintaqa davlatlariga strategik tahdid sifatida baholagan hamda bu etnik siyosat hisoblaninini, chunki “Tolibon” a`zolarining asosiy qismini pushtunlar tashkil qilishini ta`kidlagan.

(Tojikistonga qo`shni bo`lgan Taxor viloyatiga “Tehrik-e Tolibon” a`zolarining 300 nafar oilasi ko`chib borishi avvalroq xabar qilingan edi.)

Nashrning qayd etishicha, qarshilik ko`rsatish fronti tashqi aloqalar bo`limi rahbari Ali Maisam Nazariy Tojikiston bilan chegaradosh Taxorda Pokiston “Tolibon” harakatining mavjudligi Tojikiston bilan birga boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining ham xavfsizligi va suverenitetiga bevosita tahdid solishi haqida ogohlantirgan bo`lsa, “Tolibon” harakati buni “jiddiy masala deb hisoblamasligi”ni ma`lum qilgan.

“Tolibon” hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Pokiston bilan chegara yaqinida joylashgan Vaziriston viloyatidan (Pokiston shimoli-g`arbida) kelgan muhojirlarning bir qismi “ko`proq nazorat qilish maqsadida” Afg`onistonning boshqa hududlariga ko`chirilganini ta`kidlagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар