Xabarga ko`ra, 5−7 may kunlari kuzatiladigan kuchli yomg`irlar sababli 9 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda do`l yog`ishi, shamol tezligi kuchayishi va chang-to`zon ko`tarilishi kutilmoqda. Shamol tezligi 15−20 m/s gacha, ayrim joylarda 22−25 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar ko`tarilishi mumkin.
Sel kelishi mumkin bo`lgan hududlar ro`yxati:
1. Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;
2. Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlarida;
3. Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
4. Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
5. Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
6. Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
7. Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
8. Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida va Shohimardon hududida;
9. Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.