Markaziy saylov komissiyasi tuman hokimliklariga referendum uchun jihozlar tarqatishni boshlagan

10.03.2023 15:45

Yil boshidan markaziy saylov komissiyasi tuman hokimliklariga referendum uchun jihozlar tarqatishni boshlagan.

Respublikamizning qator tuman hokimliklari 15-16 fevral sanalarida O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beg`araz yuborilgan va saylov hamda referendumda foydalanadigan jihozlarni saqlash uchun mas`ul shaxs biriktirish haqida farmoyish chiqarilgan. Shunday mazmunga ega farmoyishlarni Shayxontohur, Mirzo Ulug`bek, Quyi Chirchiq, Andijon va Resspublikaning boshqa qator tuman hokimliklari ham ochiq ma`lumotlar bazasiga joylagan.

Farmoyishdan anglashinishicha, saylov komissiyasi yuborgan jihozlarni (O`zbekiston Respublikasi bayrog`i, gerbi, ovoz berish kabinalari, katta va kichik ovoz berish qutilari, ichki va tashqi flagshtoklar) saqlash uchun mas`ul shaxs tayinlangan.

Xususan, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani hokimligining farmoyishida ushbu harakatlar Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil 13 dekabrdagi xatiga asosan amalga oshirilayotganiga aniqlik kiritilgan. Shayxontohur tumani hokimligi matbuot kotibining ma`lum qilishicha, jihozlar referendum munosabati bilan hokimlikka keltirilgan.

Eslatib o`tamiz, bugun O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga oid referendum 30 aprel, yakshanba kuni bo`lib o`tishi tasdiqlandi.

2022 yil 20 dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida «Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi», deya ta`kidlagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар