Maktablar rahbariyatlari anomol sovuqdan keyin ko`mir kamomadi uchun jarimaga tortilmoqda

09.02.2023 09:35

Prezident Shavkat Mirziyoev Andijon tumanidagi 55 sonli maktabga tashrifida maktab direktorlarining erkin emasligini, tumandan qanday topshiriq bo`lsa shuni so`zsiz bajarishini tanqid qilgan edi. Prezident o`z nutqida endi maktab direktorlari erkinroq ishlashi kerakligini ham aytib o`tgan edi.  

Ammo bu so`zlar Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi maktablarga tegishli emasmi?

Rost24.uz saytiga Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi maktablardan murojaat kelib tushgan. Unga ko`ra, tumandagi maktablarda 23 yanvardan o`qish boshlangach ularning issiqlik holati tekshirilgan va talabga javob bermagan. Shundan so`ng Kasbi tuman prokuraturasi tomonidan qishki mavsum uchun ajratilgan ko`mir zaxirasi ham tekshirilgan. Foydalanish uchun ajratilgan 20-25 tonnalik ko`mirdan ba`zi maktablarda 5 tonna, ba`zilarida esa 10 tonna kamomad chiqqanligi sabab maktablarning direktorlari va xo`jalik mudirlariga prokuratura tomonidan jarimalar qo`llanilgan.

Aslida maktablarni qishki mavsumga tayyorlash viloyat va tuman hokimliklarining vazifasi, ammo murojaatni o`rganish chog`ida Kasbi tuman hokimi bilan ham bog`landik. Ammo hokim bunday vaziyatdan xabari yo`qligini, aksincha, bizga murojaat qilgan maktablarning qaysiligi va murojaatchining kimligini ochiqlashimizni xohladi. Ammo mrojaatchilarning iltimosi bilan ularning shaxsi sir tutilishi aytilgan. Bundan tashqari murojaatchilarimizning so`zlariga ko`ra, maktablar ko`mirdan boshqa qishki mavsum uchun o`tin, pech, mo`rilarni tozalovchi, plyonka kabilar bilan ham ta`minlanishi kerak edi. Ammo bunday sharoitlar yaratilmasdan tekshiruvlar o`tkazilib, turli jarimalar qo`llanilgan. 

Maktab direktorlari va xo`jalik mudirlari tuman prokraturasi birma bir chaqirilib kamomad uchun berilgan jarimani to`lash talab qilingan va dalolatnoma tuzilib imzolatib ham olingan. Bundan tashqari jarimalarni keyingi oyning boshiga to`lashi haqida tushuntirish xatlari ham yozib olingan. Shuningdek, umumxalq hashariga deb maktab o`qituvchilaridan bir kunlik ish haqi miqdorida pul ham yig`ib olingan. Ammo o`qituvchilar pulni qurbi etgancha yig`ib berishgan. O`qituvchilar paxta terish, ko`cha tozalash ishlaridan ozod qilinganda endi pul yig`ib berishga majbur qilinyaptimi?

Murojaatchilarning aytishicha, bu yilgi qishning sovuqligi sabab ko`mir kunlik normadan ko`proq yoqilgan va bu kamomad bo`lishi uchun sabab bo`lmasligi kerak.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар