OB-HAVO: Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

03.02.2023 04:01

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.
 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq  bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.      

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10, ayrim joylarda 12-14 darajagacha iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.    

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq,  4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.    

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.  

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар