K.Rabbimov: "Yil tanlovi" tadbiri O`zbekiston xalqi va davlatini ishonch ko`prigi orqali bog`lamoqda

01.02.2023 01:27

 Bu tadbir – jamiyatimizni birlashtirmoqda

“Rost24” tahririyati tashkil qilgan 2022 yil sarhisobiga bag`ishlangan tabdir bo`ldi. Ushbu tadbirda “Xalqning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishdagi hissasi uchun” nomli nominasiya mukofotini menga berishdi. Avvalambor, meni faoliyatimga bu kabi yuqori baho berishgani uchun, katta raxmat. Albatta, bu mukofotni menga berilishi – o`ta nisbiy. Chunki, jamiyatning siyosiy tafakkurini rivojlantirish borasida mehnati juda katta bo`lgan ming-minglab insonlar bor.
                                                                  ***

Qolaversa, bu – bitta menga emas, men bilan hamfikr va hamkor bo`lgan do`stlarimizga, ustozlarimizga berilgan mukofot deb hisoblayman. Bular Kun.uz, Azon.uz, Ozodlik radiosi, BBS radiosi, Migrant loyihasi, ustozlarim Muqimjon Qirg`izboev, Farhod aka Tolipov, hamkabslarim va do`stlarim Hamid Sodiq, G`ayratxo`ja Saydaliev va yana boshqa ko`plab shaxslarning xizmati va ulushi bor.
                                                                  ***

Bugungi tadbir muhim ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Bu tadbir – jamiyatimizni birlashtirmoqda. Oldinlari jamiyatimiz o`ta parokanda edi. Davlat va jamiyat o`rtasida, jamiyat qatlamlari orasida qalin devorlar bor edi. Bugungi tadbir boshlanishidagi video lavha ham O`zbekistonni ichidagi turfa OAVlar va faollar, qolaversa, tashqaridagi axborot manbaalari va faollarini yagona makonga jamlashga intildi. O`sha video lavhada Ozodlik radiosi, Eltuz va boshqalarning ko`rsatilishi – OAVlari mustaqil va mafkuradan xoli bo`lishi kerakligiga ishoradir.
                                                                             ***

Eng faol nodavlat tashkiloti sifatida “Ezgulik” inson huquqlari tashkilotining taqdirlanishi – tarixiy voqea. Buni, misol uchun 1990, 2000-yillarda tasavvur qilib bo`lmasdi. Yaqinda yagona farzandi so`roqlar davrida vafot etgan farg`onalik onaga so`z berilishi ham – senzuradan xoli faoliyatga va siyosiy tizimni huquqiy o`zanga solish intilishi hisoblanadi.

***

Bir so`z bilan aytganda, bu tadbir O`zbekiston xalqi va davlatini ishonch ko`prigi orqali bog`lamoqda. So`z va axborot tashabbusini O`zbekistonni ichida, aynan hokimiyatga eshitarli holda parvarishlashga qaratilgan missiya bajarmoqda.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatshunos

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар