OB-HAVO: Aksariyat joylarda yomg`ir, tog`li hudularda kuchli yomg`ir-qor yog`ishi, sel kelishi kutilmoqda

01.02.2023 00:59

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-3, kunduzi 8-10 daraja iliq bo`ladi.
 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq  bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha, ba`zi tumanlarda sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.    

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq,  4 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.    

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo`ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.  

Muhim hodisalar  

1-2 fevral kunlari O`zbekistonga O`rta er dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.  

1-2 fevralda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.    

1-2 fevralda Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.    

1-2 fevralda respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik, asosan,  yomg`ir ko`rinishida bo`ladi. Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari ba`zi joylarda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda.    

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida kuchli yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.    

Kutilayotgan kuchli yomg`irlar tufayli 1-3 fevral kunlari respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.  

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар