Uzoq vaqtdan buyon sukut saqlayotgan Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi nihoyat tilga kirdi.
Rost24.uz sayti tomonidan tashkil qilingan “Yil tanlovi”da mazkur qo`mita jurnalistlar tomonidan "Eng yomon ishlagan tashkilot", deb topilgan edi. Endilikda tashkilot xodimlari bir necha kundan buyon saytimizning tarmoqlardagi barcha sahifalariga axborot hujumlarini uyushtirmoqda.
Bizdagi ma`lumotlarga ko`ra, xodimlarga shunday qilishga topshiriq berilgan.
Farg`onalik ayolning ichki ishlarga olib ketilgan o`g`li o`ldirilib, ona adolat uchun qaqshaganda ham sukut saqlagan tashkilot, jurnalistlar tanlovidan keyin qanday "ovoz"ga egaligini namoyon qilmoqda.
Buni Rost24.uz portalida minglab qoldirilayotgan izohlardan payqash mumkin.
Samarqandda yosh kelin o`zi va uch farzandini suvga tashlaganda, Quyi Chirchiqda 24 yoshli ayolga eri tomonidan shafqatsizlarcha suiqasd qilinganda mum tishlagan tashkilotning hayqirig`ini jamoatchilik faqat shu kunlarda eshitayotganday...
Aslida yuqoridagi voqealar 2022 yilda rasmiy tashkilotlardan madad kutgan ayollarning fojiasi, jamiyatni larzaga keltirgan hodisalar.
Demak, jurnalistlarning «Eng yomon ishlagan tashkilot» borasidagi tanlovi ham bejiz emas.
Qo`mitaning bugungi faolligini "trollik kompaniyasi" fonida emas, millat ayollarini jumbushga keltirgan fojialar ustida ham kutib qolamiz.
Eslatib o`tamiz, "YIL TANLOVI — 2022"da eng yomon va samarasiz ishlagan tizimlar ro`yxati e`lon qilindi.
2022 YILDA ENG SAMARASIZ IShLAGAN TUZILMALAR:
➖ Sog`liqni saqlash vazirligi
➖ Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirligi
➖ Oila va xotin qizlar davlat qo`mitasi
➖ Surxondaryo viloyati hokimligi