Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba`zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, ayrim joylarda 17 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ba`zi joylarda 5 darajagacha sovuq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog`oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.