Bugun, 21 yanvar O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

21.01.2023 08:14

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.
 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida  havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi  3-8 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, ayrim joylarda 17 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ba`zi joylarda 5 darajagacha sovuq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida biroz qor yog`ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, ayrim joylarda 11-13 darajagacha sovuq,  kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog`oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар