Ortiqxo`jaev qarorlarini bir ovozdan qabul qilgan kengash deputatlari bir kunda undan voz kechishdimi?

18.01.2023 02:10

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ishdan bo`shatilgan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevga shahar rivojiga qo`shgan hissasi va yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqida bir qancha nashrlar yozganidan so`ng esa bu xabar o`chirib tashlandi.

Telegramm kanaldagi o`chirilgan xabar quyidagicha mazmunda edi:

«Hurmatli Jahongir Obidovich Ortiqxo`jaev, 2019−2023 yillarda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi sifatidagi faoliyatingiz davomida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarini qo`llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur aytamiz.

Bu davrda siz tomoningizdan bildirilgan takliflar asosida deputatlar tomonidan olib borilgan ishlar natijasida aholining ayniqsa ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olinganligi xalqimizning deputatlarga bo`lgan ishonchini oshirganligi alohida e`tiborga loyiqdir.

Sizga, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahrimiz ravnaqi yo`lida qo`shgan hissangiz va mashaqqatli mehnatingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deyilgan edi Kengash telegramm kanalidagi murojaatda. O`chirilgan xabar suratini sal avvalroq gazeta.uz e`lon qildi.

Postga Jahongir Ortiqxo`jaevning fuqarolar qabulidan lavhalar aks ettirilgan videorolik ilova qilingan.

Hissiyotlarga boy lavhalardan Kengash deputatlari doim qo`llab quvvatlab kelishgan shahar hokimi ishdan ketgandan so`ng ham o`z fikrida sobit qoldi degan xulosa olish mumkin edi.

Ammo oradan ko`p ham o`tmay bu munosabat anglashilmovchilik ekanligi va u fikrlarga kengash qo`shilmasligini anglatuvchi ketma-ket  izohlar berila boshlandi.

«Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi shuni ma`lum qiladiki, Kengash tomonidan joriy yilning 16-17 yanvar kunlari Kengash majlis o`tkazish uchun yig`ilgani yo`q.

Shu bilan birga Kengash nomidan bayonot berishga alohida shaxslarning huquqi mavjud emasligini bildiramiz.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati», deyiladi birinchi xabarda.

Kengash raisi o`rinbosari Toshpo`lat Matibaev nomidan e`lon qilingan ikkinchi postda esa butunlay birinchi munosabat inkor qilingan.

«Assalomu alaykum

Hurmatli Toshkent shahar fuqarolari Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining murojaatnomasi bo`yicha shuni ma`lum qilamizki 16-17 yanvar kunlari Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining hech qanday yig`ilishi bo`lib o`tmadi hamda Kengash deputatlari nomidan Toshkent shaxar sobiq xokimi J. Artikxodjaev tug`risida bayonot berilmagani
bildiramiz hamda ushbu murojaatnomani biz qo`llab quvvatlamaymiz. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi o`rinbosari.
Tashpo`lat Matibaev!»

Rahbarlik vaqtida barcha qarorlarni deyarli e`tirozsiz qabul qilgan deputatlar o`z fikrlarini shuncha tez o`zgartirishadimi?

Toshkent shahri hokimini amalda bo`lganida eng ko`p tanqid qilgan nashrlardan biri sifatida bu holat bizga erish tuyuldi. Deputatlar hokimlar ketgandan keyin emas, balki amalda ekanligida, noto`g`ri qarorlar qabul qilayotgan vaqtda xayrixohlik qilishmasa ko`proq foydalari tegardi. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
49
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.01.2023 21:35
😢
18.01.2023 18:31
Бу депутатлар эмас “қўйлар”такаси баа деса улар бааа деб турвуришади хамсасини кўтига тепиш керак биттаям фойдаси йўқ
18.01.2023 17:20
Булар иккиюзламачиларку ахир. Қирол ўлди, яшасин қирол қабилида иш олиб боради.
18.01.2023 16:32
Мухтарам Призидентимиз Шавкат Миромонович ва Жахонгир Ортикхужаев Расул Куширбоевдан бошка хеч ким халкка жон куйдирмиди, булар тарихда легенда булиб колишади Жахонгир Ортикхужаевдек халкпарвар саховатли инсон бошка топилмаса керак
18.01.2023 15:25
Бу маддоҳ депутатлар ҳоҳлаган вақтида айтган сўзидан қайтаверади. Ж. Ортиқходжаев амалда бўлганида унинг қонуний ёки ноқонуний қарорларини тасдиқлаб, унга "пахта" қўйиб кетганидан кейин биринчи бўлиб, унга куфр келтиришди. Уларга ўхшаган мана шунақа маддоҳ, популист депутатлар бор экан, биз яна ўттиз йил ривожланмасдан итни кейинги оёғи бўлиб юраверамиз.
18.01.2023 15:23
Ortiqxojayev ketmasa edi.... zor bolar edi