Gidrometeorologiya xizmati markazi uzoq yillik kuzatuvlarini taqdim etdi. Unga ko`ra davom etayotgan anomal sovuq so`nggi 50 yil ichida Toshkentda yanvar oyida kuzatilgan eng past ko`rsatkichni taqdim etdi. Ya`ni 2023-yil 13 yanvar tongda -19,80sovuq harorat qayd etildi. Lekin bu respublika bo`yicha qayd etilgan eng sovuq harorat emas.
O`zbekistonning shimoliy hududlarida meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past havo harorat 1972 va 1977 yillarda kuzatilgan bo`lib, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Navoiy viloyatining shimolida ushbu yillarda havo harorati -33 -36o va Ustyurt platosida -38 -40osovuq kuzatilgan.
So`nggi 50 yil ichida eng uzun va sovuq qish mavsumi 2007-2008-yillarda qayd etilgan bo`lib, sovuq davr dekabr oxiridan fevral oyining o`rtalariga qadar davom etgan. Respublika hududi bo`yicha harorat 17-22osovuqqacha, ba`zi joylarda 24-26osovuqqacha, Qoraqalpog`iston Respublikasi va cho`l hududlarida 30-33osovuqqacha pasaygan.
Toshkentda 2008 yil qishida havo harorati -17,4osovuqqacha, 1974 yilning yanvar oyida -18,6osovuqqacha pasaygan. Bugungi kunda poytaxtimizda davom etayotgan anomal sovuq so`nggi 50 yil ichida yanvar oyida kuzatilgan eng past ko`rsatkichni taqdim etdi. Ya`ni 2023 yil 13 yanvar tongda -19,80sovuq harorat qayd etildi.
Toshkent shahrida 1969 yil qishda termometr ustuni -23,1osovuqqacha tushgan bo`lsa, minimal havo haroratining mutlaq rekordi 1930 yil dekabr oyida -29,5osovuqni tashkil etgan.
O`zbekistonning tabiiy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, tekislik hududlarda barqaror qor qoplamining shakllanishiga imkon beradigan kuchli qor yog`ishi kam uchraydi. Natijada iqlimning keskin o`zgarishi (birdan sovib ketishi va uning ortidan isib ketishi) qor tushganda hosil bo`ladigan qor qoplamining uzoq vaqt davomida er yuzasidan turmasligi va bir necha kun ichida erib ketishiga olib keladi.
Biroq, 1969, 1972, 1974, 1982, 1984, 2006 va 2008-yillarda qish faslining sovuq kelishi bilan birga qor yog`ish davomiyligining ortishi kuzatilgan. Oqibatda ushbu yillarda tekislik hududlarimizda past haroratning uzoq muddat saqlanib qolishi qorning to`liq erishiga imkon bermasdan qor qoplami to`planishiga sabab bo`lgan. Jumladan, respublikaning shimoliy (Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati) va janubiy, janubiy-g`arbiy (Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari) hududlarida qor qoplamining balandligi 15-25 sm ni, markaziy (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari) va sharqiy (Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari) hududlarda 30-65 sm ni tashkil etgan.
Respublikaning tog`li hududlarida qorning maksimal balandligi 140-180 sm ga etgan.
Toshkentda qor qoplamining maksimal balandligi 1969 yil kuzatilgan 54 sm, joriy yil yanvarda qor balandligi 26 sm ni tashkil etdi.
Yuqorida qayd etib o`tilganidek bugungi kunda yurtimizda davom etayotgan sovuq kunlar gidrometeorologik kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli sovuq emas, lekin 12 yanvardan 13 yanvarga o`tar kechasi kuzatilgan sovuq harorat yurtimizga antitsiklon ta`sirida kirib kelgan sovuq havo oqimlarining eng yuqori nuqtasi edi.
Antitsiklon markazi kechadan boshlab Qozog`istonning janubiy viloyatlari orqali sharqqa tomon siljimoqda, biroq uning periferiyasi ta`sirida bo`lgan O`zbekiston hududida sovuqlar kuchsizlangan holda kelasi haftaga qadar saqlanib qoladi.
16-18 YaNVARGA OB-HAVO PROGNOZI
respublikamizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat hududlar bo`yicha quyidagicha:
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI
Harorat 16 yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq,
17-18 yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.
XORAZM VILOYaTI
16 yanvarda kechasi 11-16°sovuq, kunduzi 3-8° sovuq,
17-18 yanvarda kechasi 10-15°sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
16 yanvarda kechasi 12-17°sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 17-18 yanvarda kechasi 10-15°sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
16 yanvarda kechasi 12-17°sovuq, kunduzi 3-8° sovuq,
17-18 yanvarda kechasi 10-15°sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
16 yanvarda kechasi 10-15°sovuq, kunduzi 3-8°sovuq, 17-18 yanvarda kechasi 8-13°sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
16 yanvarda kechasi 10-15°sovuq, ba`zi joylarda 17° sovuqqacha, kunduzi 5-10° sovuq, 17-18 yanvarda kechasi 10-15°sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
16 yanvarda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq,
17 yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq, 18 yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.