«Mahallangizda muammo bormi?» loyihasining navbatdagi manzili Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Madaniyat” va “Taraqqiyot” mahallalari bo`ldi.
Bu erdagi aholi tuman hokimini tanimaydi. Deputatlar esa aholining fikriga ko`ra, o`zlari saylanib olishadi. Sayyor qabullar deyarli o`tkazilmaydi.
Mahalladagi yo`llar talabga javob bermaydi. Biz so`ragan kishilarning aytishicha, ular 20-30 yildan beri ta`mirlanmagan. Yo`llar talabga javob bermagani sabab avtomobillar qatnovi ham yaxshi emas. Yomg`irli havoda va qishda bu erlarda yurib bo`lmaydi. Bu holat esa maktab o`quvchilarining ham darsga qatnashiga noqulayliklar tug`dirmoqda.
Mahallaga o`rnatilganiga 5-6 yil bo`lgan svetofor ham yaxshi ishlamaydi, maxsus piyodalar yo`lakchasi chizilmagan.
Bundan tashqari elektr energiyasi tizimida ham kuniga 2 soat va undan ko`proq vaqtga o`chishi kuzatilmoqda.
Ba`zan muammo qishloqlarda bor deymiz. Afsuski, poytaxtga yaqin bo`lgan tumanlardagi holatlar ham havas qilgulik emas.
Batafsil videoda: