Boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Fazliddin G`oyibnazarov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga ovda ishtirok etib Qashqaldoqlarni otib o`ldirgan jarayonlarining foto suratlari va videolarini joylashtirgan.
Bokschimiz ovchilar uyushmasidan ro`yxatdan va ovchilar uchun qo`yiladigan talablardan o`tganmi? Ovda ishtirok etganlarning ovchilik biletlari bormi? Agarda ov qonunda ko`rsatilgan tartibda amalga oshirilgan bo`lsa ushbu hujjatlar bilan bizni ham tanishtirishsa juda yaxshi bo`lar edi, deb yozmoqda ekologuz kanali.
Sportchilarimiz qushlarni o`ldirishni targ`ib etmay, ularni asrash, don berish, jonivorlarga mehr ko`rsatishni targ`ib qilishsa yaxshi bo`lar edi. Chunki sport bu tinchlik elchisi, sportchimiz esa missiyasiga xilof ravishda ovni, o`ldirishni ijtimoiy tarmoqlarda targ`ib qilmoqda.
Sportchimizning muxlislari ko`p, nahotki bizning yulduzlarimiz jonivorlarga nisbatan mehrni targ`ib etishga qodir bo`lishmasa?
O`zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligi sportchimiz bilan bog`lanib holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirishlarini so`rab qolamiz.