Joriy yilning 9 yanvar kuni O`zbekiston hududiga Volgabo`yi hududlaridan Rossiya Evropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tog` oldi va tog`li hududlarda qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.
9-10 yanvarda ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-15 yanvarda respublika bo`yicha anomal sovuq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechalari 17-22 sovuqgacha, Ustyurtda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 25-27 sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha, janubda va Farg`ona vodiysida kechalari 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqgacha pasayadi.