2023 yil davlat byudjeti tasdiqlandi. Unga ko`ra eng ko`p mablag` ta`limga (58.4 trln so`m) yo`naltirilmoqda.
Bu 2023 yil byudjetining qariyb 10 foizini tashkil etadi.
Senatning 36-yalpi majlisida “2023 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonun ma`qullangan.
Unga ko`ra;
— ta`lim sohasi xarajatlari 58,4 trln. so`m,
— sog`liqni saqlash sohasiga 28,4 trln. so`m,
— madaniyat sohasiga 2,5 trln. so`m,
— sport sohasiga 2,3 trln. so`m,
— fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 1,8 trln. so`m yo`naltirilgan.
Davlat byudjetida aholini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo`nalishlarini moliyalashtirish uchun 18,1 trln. so`m ajratilishi ko`zlangan.
Shuningdek, 52 mingdan ortiq daromadi yuqori bo`lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo`yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan 1,1 trln. so`m subsidiyalar to`lab berilishi ko`zda tutilgan.