Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o`rtacha ish haqi miqdori oshirildi

14.12.2022 22:07

2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o`rtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o`n barobaridan o`n ikki barobariga oshirilishi belgilangan.

Pensiya tayinlashda hisobga olingan o`rtacha oylik ish haqi miqdori 3 240 000 so`mdan yuqori bo`lgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

Misol uchun:

30 yil ish staj va 3 900 000 so`m o`rtacha oylik ish haqi olgan erkak kishiga 2022 yilda 1 944 000 so`m yoshga doir pensiya tayinlangan.

Pensiya hisobi: o`rtacha oylik ish haqi miqdori pensiya hisoblash bazaviy miqdori (324 000 so`m)ning 10 baravari (3 240 000 so`m)dan yuqori bo`lganligi sababli, pensiya hisoblash uchun 3 240 000 so`m inobatga olingan;

Pensiyaning tayanch miqdori  –  1 782 000 so`m (pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olingan o`rtacha oylik ish haqi - 3 240 000 so`mning 55 foizi);

Ortiqcha ish staji uchun ustama – 162 000 so`m (erkaklarga talab etilgan 25 yil stajdan har bir ortiqcha yillik ish staj uchun pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olingan o`rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida - 3 240 000 so`m * 5 %).

Jami pensiya miqdori 1 782 000 + 162 000 = 1 944 000 so`m

Ushbu fuqaroning pensiyasi 2023 yil 1 yanvardan qayta hisob-kitob qilinib, 2 332 800 so`mni tashkil etadi.

Pensiya hisobi: o`rtacha oylik ish haqi miqdori pensiya hisoblash bazaviy miqdori (324 000 so`m)ning 12 baravari (3 888 000 so`m)dan yuqori bo`lganligi sababli, pensiya hisoblash uchun 3 888 000 so`m inobatga olinadi;

Pensiyaning tayanch miqdori  –  2 138 400 so`m (pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olingan o`rtacha oylik ish haqi - 3 888 000 so`mning 55 foizi);

Ortiqcha ish staji uchun ustama – 194 400 so`m (erkaklarga talab etilgan 25 yil stajdan har bir ortiqcha yillik ish staj uchun pensiyani hisob-kitob qilish uchun inobatga olingan o`rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida - 3 888 000 so`m * 5 %).

Jami pensiya miqdori 2 138 400 + 194 400 = 2 332 800 so`m.

Ya`ni, fuqaroning 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiya miqdori amaldagiga nisbatan 388 800 so`mga oshadi.

O`rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln. 240 ming so`mdan yuqori bo`lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi.

Eslatib o`tamiz, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarni Pensiya jamg`armasiga murojaat etish zaruriyati yo`q.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар