O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko`ra bir guruh olimlar mukofotlandi.
Fan va texnika sohasida mukofotlanganlar safida Quvondiq Sanaqulov ham bor.
Quvondiq Sanaqulov «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori hisoblanadi.
U 2004 yil «Do`stlik» ordeni, 2009 yil «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni, 2011 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. 2015 yilda «O`zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.
Bu safar Sanaqulovga Snitka Nikolay Pavlovich, Usmanov Rustamjon, Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, Mustakimov Otabek Mannabievich kabi olimlar bilan birga amalga oshirilgan – “Texnologik va ishlanishi murakkab bo`lgan oltin tarkibli ma`danlarni qayta ishlash va o`zlashtirishning kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” bo`yicha ilmiy-amaliy ishlanma uchun Birinchi darajali Davlat mukofoti berildi.
Farmon bilan shunngdek, adabiyot sohasida:
Karimov Naim Fatixovichga – “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun;
san`at va me`morchilik sohasida:
Alikulov Alisher Maxmudovichga – Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkent shahridagi “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun Birinchi darajali Davlat mukofotlari berildi.
Ma`lumot uchun: Birinchi darajali Davlat mukofotining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng bo`lishi belgilab qo`yilgan.