OB-HAVO: Bugun O`zbekistonning qaysi hududlarida qor yog`adi?

12.12.2022 00:30

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 dekabr kuni respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, cho`l zonalarida kechasi 17-22, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Samarqand viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo  viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor). Tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq,  kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.  

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
12
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар