Elektr va gaz muammolarini hal qilish uchun Bosh vazir boshchiligida guruh maxsus guruh tuzildi

07.12.2022 23:47

Endi O`zbekistonda gaz va elektr muammolari hal etiladimi?

Prezident topshirig`iga asosan, Bosh vazir boshchiligida O`zbekiston Respublikasi hududida energiya muammolarini tezkor o`rganish va hal qilib borish bo`yicha Hukumat ishchi guruhi tuziladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Ishchi guruh:

➖ respublika hududida energiya taqchilligi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni qisqa muddatlarda chuqur tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo`yicha tezkor choralar ko`rib borish;

➖ elektr energiyasi va gazni birinchi navbatda aholiga etkazib berish zaruriyatini e`tiborga olgan holda, mavjud energiya resurslarini muvozanatli taqsimlab borish va ushbu jarayonni qat`iy nazorat qilish;

➖ elektr energiyasi va gaz taqchilligi sharoitida muqobil energiya mahsulotlari bilan aholini va ijtimoiy soha ob`ektlarini uzluksiz ta`minlash ishlarini jadallashtirish;

➖ ijtimoiy ob`ektlar, jumladan ta`lim va sog`liqni saqlash muassasalarining barqaror faoliyat yuritishini ta`minlash yuzasidan zarur mablag`lar ajratib borish va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish;

➖ energiya taqchilligi va uning oqibatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar, ayniqsa iqtisodiyotga ta`sirini kamaytirish maqsadida, kompleks chora-tadbirlar ko`rish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish va ko`rib chiqish uchun kiritish vazifasi yuklatiladi.
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар