OB-HAVO: Bugun O`zbekiston bo`ylab qanday ob-havo kuzatiladi?

05.12.2022 07:26

5 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 1-3 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  8-13, ayrim joylarda 15-20 darajagacha sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17, kunduzi  2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagacha sovuq bo`ladi.  

Qashqadaryo viloyatida  havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Joylarda tuman tushadi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  9-14, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.  

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар