OB-HAVO: Qor, yomg`ir, keskin sovuq bo`lishi aytildi

28.11.2022 14:23

«O`zgidromet» mamlakatimiz bo`yicha 30 noyabrdan 3 dekabrgacha ob-havo qanday kechishi mumkinligini e`lon qildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2°sovuq-3°iliq, 1-3 dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq; Ustyurtda 30 noyabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq, 1-3 dekabrda kechasi 8-13°sovuq, kunduzi 2-7°sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 30 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 1-3 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 5-10°iliq, 1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2-3 dekabr kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5°iliq, Navoiy viloyatining shimolida 30 noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2° sovuq-3°iliq, 1-3 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5°sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 30 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 1 dekabrda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 2-3 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq, 1 dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2-3 dekabr kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5°iliq bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 30 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 1-3 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi 3-8°iliq, kunduzi 8-13°iliq, 1 dekabrda kechasi 3-8°iliq, kunduzi 5-10°iliq, 2-3 dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 3-8°iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 30 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 11 dekabrda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 2-3 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 6-11°iliq, 1 dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2 dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 0-5°iliq, 3 dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 30 noyabr — 2 dekabrda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, 30 noyabr — 1 dekabrda ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. 3 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 1-3 dekabrda kechasi 7-12°sovuqgcha, kunduzi 0-5°sovuqgacha pasayadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
28.11.2022 19:49
👍👍👍👍