Surxondaryoda hokimlar qamoqqa olinishda davom etmoqda

02.11.2022 10:44

Muzrobot tumani sobiq hokimi Erkin Alimov milliardlarni o`zlashtirgani ayon bo`ldi va unga nisbatan DXX jinoyat ishi qo`zg`atdi   

Qarindoshlariga er sotishlar, milliardlab o`zlashtirilgan pullar...

Sobiq hokim kirdikorlari ishdan bo`shatilgach ma`lum qilindi.

Xabar qilinishicha, joriy yilning sentyabr oyida lavozimidan ozod qilingan Muzrabot tumanining sobiq hokimi Erkin Alimovga nisbatan DXX Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida ma`lum bo`lishicha, u mazkur tumandagi umumiy qiymati 1,7 mlrd. so`m bo`lgan 4,2 gektar er maydonini auksion savdolarisiz o`zining yaqin qarindoshlariga rasmiylashtirib bergan.

Shuningdek, tumandagi banklar uning yaqin qarindoshlari nomlariga turli maqsadlarda 166 mlrd. so`m miqdorida imtiyozli kredit mablag`lari ajratgan bo`lib, ularning katta qismi muammoli kreditga aylangan. Hozirda bank muassasalari tomonidan o`z vaqtida to`lovlari amalga oshirilmagan 121 mlrd. 406 mln. so`mlik kredit mablag`larini undirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, «Surxondaryodonmahsulotlari» AJda olib borilayotgan taftish davomida aniqlanishicha, Alimov ishtirokida qiymati 35 mlrd. so`mlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilingan. Ta`kidlash lozimki, Erkin Alimov 2010 — 2017 yillarda ushbu Jamiyat rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Jamiyatning 20dan ortiq mas`ul-mansabdor shaxslari tergov harakatlariga jalb qilingan va ular Alimovning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan ko`rsatmalar bermoqda. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma`lumot uchun, Erkin Alimov Muzrabot tumaniga 2018 yil iyulidan to 2022 yil sentyabriga qadar  rahbarlik qilgan.

Eslatib o`tamiz, bu Surxondaryo viloyatidagi korrupsiya bilan birinchi holat emas,  2022 yil iyun oyida Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi tomonidan byudjet va kredit mablag`larini o`zlashtirgan 1 nafar sobiq bank xodimi va 7 nafar turli tashkilot xodimlari ehtiyot chorasi sifatida majlis jarayonidan qamoqqa olingandi.

Avvalroq, aniqrog`i oktyabr oyining so`nggi kunlarida Huquq-tartibot organlari Termiz shahrining sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiev, uning ikki nafar o`rinbosari va yana 4 nafar mansabdorni hibsga olgani xabar qilindi. Ular «Yashil dunyo» savdo majmuasi qurilishi davomida 14,8 mlrd so`mni o`zlashtirganlikda gumonlanmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.11.2022 00:39
бу хаммаси халкни алдаш биринчи галда х нима зам хокимлар порахуру хоким тозами халк хаммасини билади хоким шу порани эллик фоизидан купини олади камалган зам хокимни ярим йилга колмай хоким тура камокдан чиказиб олади ва егликрок жойга ишга жойлаштириб куяди