Huquq faoli muhokamalar qilinib, keyin parlamentda yo`qolib qolayotgan qonun loyihalari xususida qayg`urmoqda. Deputatlar esa bu qonun loyihalarini negadir eslashmaydi.
«Yuksalish» umummilliy harakati huzurida Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholab borish maqsadida tashkil etilgan Mustaqil monitoring va baholash jamoatchilik guruhining navbatdagi jamoatchilik muhokamasi davomida «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov fikr bildirdi:
- Hozir 2022-2026 yil Davlat dasturi bo`yicha gaplashyapmiz. Lekin hali 2016-2021 yildan ham qarzimiz ko`p. Mana masalan Davlat tili to`g`risidagi qonun umummilliy muhokamaga chiqdi, boshqa bo`ldi lekin bu parlamentni o`zida yo`qolib qoldi. Bu kulgili holat.
Ikkinchisi NNTlar kodeksi degan narsa bor bu bizni hayotimizni katta bir qismi Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun kodeks qilyapmiz dedik. Ko`p joylarda gapirildi, ko`p marta biz demokratiyaga o`tib ketdik deb ortiqcha reklama qilib yuborildi. Lekin hozirgacha yo`q. Keyin juda katta bir narsa bor edi esimizdan chiqib ketmasin deb har majlisda aytib qo`yaman. Jamoatchilik palatasi tuzmoqchi edik. Buni hujjatlari chiqqan edi. Farmoni turibdi. Vazifalar yuklatilgan edi. Vazirlikka teng bo`ladi deyilgan edi yoki vazirlik ko`payib ketdi deb uyalishyaptimi? Bu narsalarni eslatadigan payt keldi chunki biz hozir 2016-2021 yilni yopib ketadigan bo`lsak, 2022-2026 ham xuddi shunaqa bo`ladi, keyin 2026-2032 chiqadi. Shunaqa yopilib ketaveradida, - dedi huquq faoli.
- «Davlat tili to`g`risida»gi qonun juda muhim hujjat. Yaqinda Oliy Majlisda ham shu haqida gap bo`ldi. Yarim soat bittasi gapirdi tushunmadik, nima deganini yo bor deyish kerak, yo yo`q deyish kerak. Yoki biz bu ahdimizdan qaytdik deyish kerakmi? Agar bu jamoatchilikka tushuntirilsa, «qonun rad qilindi», desa shunga qarab biz ham keyingi yig`ilishlarda boshqa narsa haqida gapiramiz.
Shuningdek Abdurahmon Tashanov iqtisodiy masalalar haqida ham to`xtalib o`tdi.
- Yana tomchilatib sug`orish bo`yicha 6 ta jinoiy ish qo`zg`atildi. Surxondaryo, Navoiy, Qashqadaryo kabi hududlarda ko`plab faktlar yuzaga chiqyapti, gazetalarda, majlislarda gapirilyapti. Bizni shu umumiy tashqi qarzimizni 2,4 milliard AQSh dollari qishloq xo`jaligiga yo`naltirilgan bo`lib, u nimalarga to`g`ri kelishi, to`g`ridan-to`g`ri ko`zbo`yamachilik bo`lganligi bo`yicha juda katta materiallar bo`ldi. Lekin afsus huquqni muhofaza qilish organlari jim. Shuning uchun biz bajarilmaganini emas, chora ko`rilishi masalasini ham monitorlarimizda ko`rsatishimiz kerak. Chunki Yuksalish bo`yniga katta vazifalar olgan va juda katta lokomotiv tortishga chog`lanayotgan idora, dedi u.
«Aytish kerakki, bizdayam yaqindagina shu savol muhokama bo`lgandi. Ya`ni oldingiz yillar davomida davlat dasturidagi qaysiki belgilangan vazifalar bajarildiyu bajarilmadi. Bizda hammasini tahlili bor. Men taklif qilgan bo`lardimki «Yuksalish» umummilliy harakatini jamoasidan o`tgan yillar davomida qaysi vazifalar bajarildi, qaysilari qolib ketdi. Yoki shunaqa bo`lyaptiki qaysidir vazifa bir yildan keyin ham qabul qilinib tasdiqlanyapti. Bunaqa holatlar ham bor. Shuning uchun keyingi 10 oylik hisobotimizda oldingi yillarning ham balki biz tahlilini muhokamaga qo`yishimiz kerak. Ya`ni nechta band bajarildi. Nechtasi bajarilmadi. Chunki biz bu erda shunchaki monitoring o`tkazib hisobot berish uchun emas, vazifalarni o`z vaqtida va to`g`ri bajarilishini nazorat qilishimiz kerak. Maqsadimiz shu. Mamlakatimiz prezidenti tomonidan e`lon qilingan va xalqimiz ham hammualliflik qilgan shu strategiyani bajarilishiga bosh-qosh bo`lishimiz kerak. Shu ma`noda keyingi yig`ilishga bu masalani ham ko`tarishni taklif qilaman, deb so`zini yakunladi Abdurahmon Tashanov.
Yig`ilishda berilgan ma`lumotga qaraganda, Davlat dasturi ijrosi bo`yicha bir qator vazifalar yuzasidan ko`zda tutilgan qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilgan bo`lsada, bugungi kunda ko`rib chiqish jarayonida bo`lganligi bois, mazkur vazifalar ham to`liq bajarilmagan.
Jumladan, ijro muddati kelgan (o`tgan) 58 ta band bo`yicha 91 ta vazifa yuzasidan normativ va boshqa hujjatlar loyihalari mas`ul vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan va ko`rib chiqish yoki qabul qilish uchun tegishli idoralarga kiritilgan bo`lib, qabul qilinmasdan turibdi (ijroga qaratilmagan).
Mazkur normativ hujjatlar bilan jamiyat hayotiga daxldor dolzarb islohotlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan. Masalan, quyidagi loyihalar uch oydan ortiq muddat davomida ko`rib chiqilmoqda:
36 ta vazifa ijrosi bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan muddatlardan kechikib, ko`rib chiqish yoki qabul qilish uchun Prezident Administrasiyasiga kiritilgan.
Davlat dasturida belgilangan 17 ta vazifalar bo`yicha belgilangan vazifalar muddati uzaytirilgan.