Toshkent "xonligi": Bir hokim va o`n o`rinbosar

31.10.2022 11:44

Toshkentning oʻzida oʻn uch hokim, oʻn uch hokimning 80 nafardan koʻp oʻrinbosari bor.

Davlat Boshqaruvida optimallashtirish haqida yuqori minbarlarda gapiriladi. Lekin bir hokimda 10 lab oʻrinbosar boʻlishiga ruxsat ham beriladi. Bizning boshqaruv ana shunday tuzilgan. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning 10 ta oʻrinbosari borligini bilasizmi? Bilmasangiz tanishtirib oʻtamiz:

Toshkent shahar hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi

Shakirov Xotambek Anvarovich

***

Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Raxmonov Baxtiyor Sultonovich

***

Toshkent shahar hokimi oʻrinborsari – Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi v.v.b

Raximdjanov Shoxrux Gayrat oʻgʻli

***

Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari - shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Isroilov Abdulaziz Abdusattarovich

***

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari – Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi

Raxmanov Sharof Diyorovich

***

Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Raximova Durdona Shukurullayevna

***

Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari

Karshiyev Almardan Elamanovich

***

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi

Umarova Nodira Nigmatullayevna

***

Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha oʻrinbosari - Raqamli rivojlanish departamenti rahbari

Xen Aleksey Fedorovich

Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi

Davrukov Faxriddin Umarovich

***

Har bir hokim oʻrinbosarining kotibiyat mudirlari ham bor.

Qiyoslash uchun Markaziy Osiyodagi katta shaharlardan biri Ostona hokimining 4 ta oʻrinbosari bor.

Endi tumanlarga kelsak, Toshkentda 12 tuman bor boʻlsa uning har birida 6 tadan hokim oʻrinbosari lavozimi mavjud, yaʼni 72 nafar hokim oʻrinbosari faoliyat olib boradi. Bular tuman hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari, tuman hokimining uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman hokimining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari, tuman hokimining oʻrinbosari-mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi kabi lavozimlardir. Biz hokim oʻrinbosariga tenglashtirilgan lavozimlarni hisoblaganimiz yoʻq.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
54
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.11.2022 21:09
Маззаку шунча яна кушадилар керак булса
02.11.2022 07:16
Оддий ишчини ўз қолмабди Ўзбактстонда? Йиқилсанг ерга йиқилмайсан ҳокилару задагонлар устига йиқиласан!
31.10.2022 23:19
Ўзбекларда "Подачилар кўп бўлса қўйлар харом ўлади" деган доно мақол бор. Бизда битта ишчига 10 бошлиқ тўғри келади, шунинг учун халқимизнинг бири икки бўлмайди.
31.10.2022 19:08
Оҳирги гапда нотўғри маълумот кетган, Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бўлими мавжуд эмас, маҳалла ва нуронийларни қўллаб қувватлаш бўлими мавжуд ва бўлим бошлиғи ҳоким ўринбосари ҳисобланмайди
31.10.2022 18:22
Har bir 10 mlndan oylik osayam, bankrotlik yaqin