Shifokor kaltaklangani yuzasidan IIB surishtiruv boshladi, Sog`liqni saqlash vazirligi esa nazoratga oldi

13.10.2022 12:02

Rost24.uz saytida "Kecha tunda yana bir chaqiruv manzilida "Tez yordam" shifokorlari ayovsiz kaltaklandi" xabari e`lon qilingan edi.

Mazkur xabarda aytilgan voqealar, ya`ni Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida fuqaro va “Tez yordam” xodimlari o`rtasida bo`lib o`tgan janjal yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.

"Janjal davomida feldsher ayolning ko`krak qafasiga shikast etkazilgan. Surishtiruv natijalari bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Surishtiruv harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan", deyiladi prokuratura xabarida.

Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xodimlari ijtimoiy tarmoqlar bilan rasmiy saytning farqiga bormasa-da ushbu xodisa yuzasidan munosabatni bildirgan.

Sog`liqni saqlash vazirligi mazkur holatni o`z nazoratiga olgan. Umuman, vazirlik fuqarolarimiz tomonidan tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuzkor harakatlar sodir etilishiga nisbatan doimo murosasiz munosabatda bo`ladi. Shuningdek, vaziyatga qonun doirasida huquqiy baho berilishi uchun barcha zarur choralarni ko`radi", deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.   
    

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар