Xitoy rahbariyati O`zbekiston daxlsizligini birgalikda himoya qilishini ma`lum qildi

16.09.2022 19:57

SAMMIT YaNGILIGI

Xitoy rahbariyati O`zbekistonning tashqi va ichki ishlariga aralashuvi xavflarini oldini olishda yordam qo`lini cho`zishini rasmiy ravishda bildirgan.

Xitoy xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti doirasidagi O`zbekiston va Xitoy davlati rahbarlari uchrashuvi natijalarini sharhladi. Vazirning aytishicha, Si Szinpin Shavkat Mirziyoevga energetika bo`yicha o`zaro aloqalarni kengaytirish va Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurlari ekspluatasiyasi xavfsizligini birgalikda ta`minlash lozimligini bildirgan. Bundan tashqari, energiyaning yangi manbalari bo`yicha hamkorlikni kengaytirishni, birgalikda iste`mol choralarini ta`minlash kerakligini aytgan.

“Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari kelajagi hamohangdir. Ular bir-birining siyosiy barqarorligi va xavfsizligidan manfaatdordir ”, degan Si Szinpin.

Shuningdek, Xitoy rahbari “Xitoy O`zbekistonning ichki siyosatiga tashqaridan aralashuvlarga birgalikda kurashish, uning siyosiy barqarorligini birgalikda himoya qilishga tayyor”, deya ta`kidlagan ikki davlatning o`zaro uchrashuvlarida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.09.2022 02:36
Xitoy bunaqa yordamini pishirib yesin. Xitoyni yordami nimaga olib borishi hammaga ma'lumku.