Hindiston tashqi ishlar vaziri Vinay Kuatra ShHT Samarqand sammitida ishtirok etishi kutilayotgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 24 soatlik tashrifiga doir tafsilotlar bilan bo`lishdi.
Unga ko`ra, Narendra Modi O`zbekiston prezidenti va tashkilotning boshqa a`zo davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi. Vazir bu uchrashuvlar orasida Narendra Modi va Si Szinpin muloqoti ham o`rin olganini tasdiqlamagan.
Rossiya tarafining ma`lum qilishicha, Naredra Modi Vladimir Putin bilan ham uchrashib, muloqot o`tkazadi.
Bussinis standart nashriga ko`ra, Samarqandda ertaga Xitoy va Hindiston rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo`lib o`tishi kutilmoqda.
Hindiston O`zbekistondan so`ng ShHT sammitiga 2023 yil sentyabr oyiga qadar raislik qiladi. Bu vaqt oralig`ida Hindiston ShHT doirasida o`zi uchun manfaatli bo`lgan Shimol-Janub transport koridori va Chabaxar porti loyihasini amalga oshirish masalalarini olg`a surishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, hozirgacha ShHT sammitida ishtirok etish uchun Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Mo`g`uliston, Belorus kabi mamlakatlar etakchilari Samarqandga kelishgan.