Bugun, Samarqand shahri 5 ta davlat rahbarlarini qabul qilib oldi. Ular, Mo`g`uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg`iz Respublikasi Prezidenti S.Japarov va Xitoy xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinlardir. Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan Samarqand shahrida xavfsizlik choralari anchagina kuchaytirilgan.
Sammit qatnashchilari joylashgan mehmonxona atroflari va markaziy ko`chalarda avtomobillar harakatlanishi qisman cheklangan. Samarqandning markaziy ko`chalari doimgidan toza va ko`rkam holatga keltirilgan. Shuningdek, Samarqandga 600 ga yaqin jurnalistlar sammitni yoritish uchun birin ketin etib kelishmoqda.
Rasmiy tashriflar va Prezident Shavkat Mirziyoevning davlat rahbarlarini qabul qilib olish marosimlari davom etmoqda. Bugun tongdan Mo`g`uliston, Eron va Qirg`iziston Respublikalari rahbarlari bilan Shavkat Mirziyoev uchrashuv o`tkazdi.
Ayni paytda esa Xitoy Prezidentini kutib olish marosimi bo`lmoqda.
Rost24.uz sayti ShHT sammiti doirasidagi uchrashuvlarni tanqidiy tahliliy rakursdan uzatishda davom etadi.