⚡️Ortiqxo`jaev ijara muammosini hal qilish uchun o`ziga tegishli  korxonaning bo`sh turgan binosini taklif etdi

09.09.2022 23:25

Toshkentda bir haftada talabalar uchun yana 10 ming o`rinli qo`shimcha yotoq joyi yaratiladi.

Bugun Toshkent shahar hokimligida talabalarni turarjoy bilan ta`minlash masalasida o`tkazilgan yig`ilishda Jahongir Ortiqxo`jaev poytaxtning Yangihayot tumanida bunyod etilgan «Tashkent Index» savdo-ishlab chiqarish majmuasi hududida bo`sh turgan 10 ming o`rinli tadbirkorlar binosini bir hafta muddatda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar uchun turarjoyga aylantirish taklifini bergan.

Ushbu bino "Mimar group"ga tegishli bo`lib, Jahongir Ortiqxo`jaev korxonalaridan biri ekanligi aytiladi. Majmua yangi tashkil etilgan Yangihayot tumanida joylashgan, er usti metrosining 5-bekatiga (so`nggi bekat) yaqin. Shu tufayli bu holat kunning tiqilinch vaqtlarida metroga yuklama bo`lishiga olib kelishi mumkin. Agar mazkur taklif inobatga olinsa, vaziyat poezdlar qatnovi orasidagi vaqt ham qisqartirilishini taqozo qiladi.

Eslatib o`tamiz, bugun bo`lib o`tgan matbuot anjumanida vazir Abduqodir Toshqulov hozir talabalar turarjoyi qurgan tadbirkor katta foyda qilishini, davlat endi tadbirkor qurgan yotoqxonada turgan har bir talaba uchun har yili 8 million so`m atrofida pul to`lab berishini aytgan edi.

Uning aytishicha, OTM atrofida bo`sh bino bo`lsa, tadbirkor uni rekonstruksiya qilib yotoqxonaga aylantirsa, davlat unga ham subsidiya to`lab beradi.

«Toshkent shahrida hozir kunduzgi bo`limda 157 ming nafar talaba bor. Shundan turarjoyga ehtiyoji borlar — 82 892 nafar.

Toshkent shahri hokimligi bir oz avval bergan xabarida «Agar hamshaharlarimiz, tadbirkorlar va boshqa faollarda talabalarning turar joyi masalasini tezkorlik bilan hal etishda aniq va maqbul takliflar bo`lsa, albatta, inobatga olinadi», deb ma`lum qildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.09.2022 16:36
Чорсу мехмонхонаси неча йиллардан бери фойдасиз ва шахар юзидаги хусунбузардек вайрона бўлиб ётибди! Ташкент сити қургандан кўра шу мехмонхонани талабалар учун турар жойга айлантирса катта савоб бўларди!
10.09.2022 13:19
Бошқа вилоятлар, шаҳарларда-чи? Отасига раҳмат Ортиқхўжаевнинг! Бошқа жойлардаги талабалар ўгайми?