Ayni damda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan shu davlatda bo`lib turibdi.
OAV orqali jamoatchilik Prezident bilan yana kimlar musulmonlar uchun muqaddas bo`lgan ziyoratga birga borganini kuzatdi.
17 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Masjidun Nabaviyga borib ikki rakat namoz ado etdi. Prezident bilan bir qatorda O`zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov uning yonida Shayx Alijon qori namoz o`qidi. Ularning ortida Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Said ham ko`ringan. Shu bilan birga yaqinda Prezident adminstrasiyasi rahbari etib tayinlangan Sardor Umurzoqov va uning o`rinbosari Komil Allamjonov hamda Prezident spichrayteri Xayriddin Sultonov ham delegasiya tarkibida borishganini ko`rish mumkin.
Va yana Jidda shahriga borgan O`zbekiston rasmiy delegasiya tarkibida:
O`zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi Vladimir Norov;
Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo`yicha o`rinbosari Abdulaziz Komilov;
Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov;
Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xojaev;
O`zbekiston milliy axborot agentligi direktori o`rinbosari Xushnud Xudoyberdiev;
Axborot va ommaviy kommunikasiya agentligi raisi o`rinbosari Dilshod Saidjonov;
Shuningdek, delegasiya tarkibida yana qator rasmiylar o`rin olgan edi.