AQSh diplomatining bu pozisiyasi o`zbekistonliklar uchun haqorat bo`lib tuyulishi mumkin
Ma`lumki, o`zbek jamiyati bu kabi qarashlarni qabul qilmaydi. Nechi yillardan buyon millatga yot bo`lgan unsur sifatida, O`zbekistonda bu g`oyalar targ`ibotiga butkul qarshi kurashib kelinadi.
Elchining ilk kelgan kuniyoq berayotgan bu bayonoti aholining aksariyat qismi qoralaydigan jamiyatni junbushga keltirishi mumkin.
O`z navbatida, AQShning yangi elchisi Jonatan Xenik bu bayonoti bilan O`zbekistondagi ilk davridanoq noto`g`ri qadam tashlaganini anglatadi. Diplomatlar odatda, har bir jamiyat tosh-tarozisini o`lchab keyin fikr bildirar edi.
Jonatan Xenik janoblari O`zbekistonda noan`anaviy jinsiy orientasiyaga ega bo`lgan shaxslar, shuningdek, diniy ozchiliklar va ayollar huquqlarini himoya qilishni qo`llab-quvvatlashini ochiq aytib turgan ilk AQSh diplomati bo`lib tarixga kiradi.
Kuzatamiz, voqealar rivoji qanday davom etadi...