«Qishloq qurilish bank» yagona MFOga o`tish jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu mijozlarga nima beradi?

26.07.2022 17:35

Mijozlarga yanada sifatli va zamonaviy xizmatlar ko`rsatish maqsadida,“PricewaterhousCoopers“ xorijiy konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda startegiya ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda ATB «Qishloq qurilish bank» axborot xizmati. Unda bankning texnologik infratuzilmasini modernizasiya qilish hamda bank operasiyalarini markazlashgan holda amalga oshirish bo`yicha qator loyihalar ishga tushirish ko`zda tutilgan. Asosiy tamoyil bankning barcha jarayonlari va xizmatlari mijozlar manfaatiga yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
 

           Yagona MFO texnologiyasi mijozlar uchun yangi imkoniyatlar degani!
 

Yagona MFO texnologiyasi bir vaqtning o`zida mijoz va bank uchun qator afzalliklarga egaligi bilan ahamiyatlidir.
 

Jumladan:

  • Mijoz hisobraqamlarining bank miqyosida unikalligi ularni tasarruf qilishda qulaylik yaratadi;
  • Mijozga bankning qaysi tarkibiy tuzilmasida hisobraqam ochganidan qat`iy nazar, uning barcha hisobraqamlariga bankning istalgan tarkibiy tuzilmasi orqali xizmat ko`rsatish imkoniyati yaratiladi;
  • Masofadan xizmat ko`rsatish tizimi orqali mijoz bankning istalgan tarkibiy tuzilmasida ochilgan o`z hisobraqamlarini erkin tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo`ladi;
  • Mijoz bankning bir tarkibiy tuzilmasidan istalgan boshqa tarkibiy tuzilmasiga o`tganida uning hisobraqamlari o`zgarmaydi, faqat mijoz o`tgan tarkibiy tuzilma xodimlariga uning hisobraqamlari bilan ishlash vakolati beriladi;
  • Mijoz bankning bir tarkibiy tuzilmasida boshlangan jarayonni (masalan, kredit olishda) ushbu bankning istalgan boshqa tarkibiy tuzilmasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo`ladi;
  • Mijozlar tomonidan ularning bank tarmoqlaridagi hisobvaraqlari o`rtasidagi to`lovlari bank xizmat haqisiz o`tkaziladi;
  • Bozor talabidan kelib chiqib mijozlarga qulay joylarda tezkorlik bilan  savdo nuqtalari tashkil etish, manzilini o`zgartirish va qayta tashkil etish  imkoniyatini beradi;
  • Bank transformasiyasigacha bo`lgan samarasiz tarmoqlangan boshqaruv tizimidan yuqori samarali markazlashgan boshqaruv tizimiga o`tkaziladi.

Bir so`z bilan aytganda, bankda Yagona MFO texnologiyasining joriy qilinishi mijozlar uchun maksimal qulaylik yaratilishiga, xizmat ko`rsatish tezligi va sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi «2020-2025 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to`g`risida»gi PF-5992-sonli hamda «Raqamli O`zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalaga oshirish chora tadbirlari to`g`risida»gi PF-6079-sonli farmonlari ijrosi bo`yicha bank tomonidan raqamlashgan zamonaviy bank biznesi va xizmatlari joriy qilinmoqda.

                                                                                                    Reklama huquqi asosida


 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар