22 yildan buyon quduq qazayotgan "Quduqchi" hikoyasi

30.06.2022 10:26

U yoshligidanoq olti ukaning tashvishlarini bo`yniga ilib, yaxshi yashash uchun kurashadi. Hozir esa 8 farzandning otasi ekanligidan faxrlanadi. Abduqodir quduqchini ko`rgan kishi borki tabassum bilan qarshi oladi. Qishloqdoshlari uni o`z ishining ustasi, halol va samimiy inson deb ta`riflashadi.

22 yildan buyon quduq qazib, insonlarga obi-hayot ulashayotgan usta Rost24.uz muxbiri bilan suhbatda o`zining qiziqarli, ammo mashaqqatli kasbi sirlari, hayot haqiqatlari va taqdir sinovlaridan olingan saboqlar bilan o`rtoqlashdi.

«Ba`zan bu kasbni yig`ishtiraman, deb qolaman. Lekin, o`n kunlab suvsiz qolib, quduqchi kelishini bola-chaqasi bilan kutib turgan odamlar ko`z oldimga keladi. Ayniqsa, suv chiqqandan keyingi ularning ko`zlarida aks etgan quvonchni hech narsa bilan ta`riflab bo`lmaydi... Bilasizmi, aslida men shu uchun yashayman, hayotga qayta qaytgandek bo`laman, o`z kasbimdan faxrlanaman», deydi quduqchi.

Uning aytishicha, erni suv ilinjida qazgan bilan doim ham suv chiqavermaydi, ya`ni mashaqqatli mehnat tavakkaldan boshlanadi.

«Menda hech qachon ko`proq qazisam, yaxshiroq daromad qilaman, degan fikr bo`lmagan. Maqsad — suv. Bir insonning uyida 10 kun yotib ishlasagu, suv chiqmasa bizning ishdan foyda ko`rmadingiz deb, shunday (pul olmay) ham ketgan kunlarimiz bo`lgan», deydi u.

Abduqodir Berdiev o`z tajribasi bilan o`rtoqlasharkan quduq ichida ekanligida qum sizib chiqib bosib qolgani, bir marta ilon, ikki marta chayon chaqib olgani, o`zining armonlariyu, kelajakdagi orzulariga ham to`xtaldi.

Quduqchi Ko`kdala tumanining «O`rta» qishlog`ida katta bo`lgan, hozirda 44 yoshda. U 8 farzandi, ayoli bilan baxtiyor yashashini, 15 yil turmush qurgan bo`lsa biron marta "sen-menga" bormaganini, buni ayrim tanishlari xotinidan qo`rqishga yo`yishini hazil bilan tilga oladi. Uningcha, bir birini tushunib yashash aslida baxt, daromadni Rossiyaga ketib emas o`z qishlog`idan topsa ham bo`ladi, mehnat qilgan kam bo`lmaydi.

Batafsil videoda tomosha qiling: 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.07.2022 12:22
Оллох мадад берсин
30.06.2022 21:54
Zur
30.06.2022 15:57
Ассалому алайкум. Абдуқодир қудуқчи эл дуосини олган инсон экан. Ишларини баракасини берсин. Абдуқодир акани телефон рақамини бераоласизми. Раҳмат