O`zbekiston firmasi Rossiyaga harbiy yordam berganlikda ayblanib, AQSh qora ro`yxatiga kiritildi

29.06.2022 11:27

Bayden ma`muriyati Xitoyda asoslangan 25 kompaniyani qora ro`yxatga kiritib, ular bilan savdoni man etdi. AQSh Tijorat vazirligiga ko`ra, bu bizneslar Rossiyaga harbiy yordam berib kelayotgan firmalardir. Bu haqida “Amerika ovozi” yozmoqda.

Vazirlikning bildirishicha, ular Rossiyaga shu yilning 24 fevralidan oldin, ya`ni Ukrainaga bostirib kirish arafasida turgan davlatga turli vositalar uzatgan va hozirda ham bu borada kelishuvlarga ega. Bu firmalar federasiyaning G`arb cheklovlari ostidagi organlari bilan hamkor.

Tijorat vazirligi qora ro`yxatga 28 iyun kuni jami 36 kompaniyani kiritdi. Ular - Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Litva, Pokiston, Singapur, Britaniya, O`zbekiston va Vetnamdagi bizneslar.

“Qarorimiz shundan dalolatki, Rossiyani quvvatlagan har qanday taraf yoki shaxs Amerika nishonida. Biz ularni jazolaymiz”, - deydi Tijorat vazirining Sanoat ava xavfsizlik bo`yicha muovini Alan Estevez.

O`zbekistondagi kompaniyaning nomi "Promcomplektlogistic" bo`lib, Toshkent shahridagi xususiy korxona ekani qayd etiladi. AQSh Moliya vazirligiga ko`ra, "PE Promcomplektlogistic" deb ham yuritiladigan firma texnologik vositalar sotadi.

AQSh Davlat departamentining tasdiqlashicha, "Promcomplektlogistic" shu yilning 3 martida sanksiya qo`yilgan "Radioavtomatika"  kompaniyasi bilan ishlaydi. "Radioavtomatika" - Rossiya mudofaa sanoati ta`minotchisi.

Departamentning xulosa qilishicha, "Promcomplektlogistic" mart oyidan beri "Radioavtomatika"ga sanksiyalarni chetlab o`tishda yordamlashib kelmoqda. Firma Rossiyaga elektronik qismlar, xususan miktosxemalar etkazib bergan.

Ochiq manbalarga ko`ra, "Promcomplektlogistic"ni Oleg Grabilin ismli shaxs boshqaradi.

"Promcomplektlogistic" xususiy kompaniyasining qora ro`yxatga kiritilishi dunyo bo`ylab tijoratchilarga saboq va ogohlantirish bo`lsin: sanksiyalangan firma, tashkilot yoki shaxs bilan biznes qilsangiz, o`zingiz ham sanksiya bilan yuzlashasiz», - deyiladi departament bayonotida.

Qora ro`yxatga tushgan kompaniyaning Amerika bilan oldi-berdisi cheklanadi. Amerikada biror hamkori bo`lsa, u bu biznesga biror narsa uzatishidan oldin Tijorat vazirligidan maxsus ruxsat olishi shart.

AQSh Ukrainadagi urush sabab Rossiya hukumatidan ko`plab shaxslarni, agentlik va tashkilotlarni, bizneslar va oligarxlarni jazolamoqda. Sanksiyalar ro`yxati uzayib bormoqda.

Oq uynng eslatishicha, Vashington Rossiyaning harbiy sheriklarini ham kuzatmoqda va agar ularning hamkorligi urush bilan biror jihatdan bog`liq bo`lsa, chora ko`rmoqda.

Rasmiylarga ko`ra, sanksiyalar amaliyoti izchil nazorat ostida. Shartlar va qoidalar buzilsa, AQSh darhol keskin javob beradi, deya ogohlantiradi mutasaddilar.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
29.06.2022 20:14
Грабилин...