Qimmat O`zbekiston: Oyliklar oshmoqchi, narxlar esa allaqachon osmonda

31.05.2022 14:20

2022 yil 1 maydan pensiya va nafaqalar 12 foizga oshdi, 1 iyundan esa oylik ish haqlari 12 foizga oshishi ma`lum qilindi. Narxlar-chi?

Fevral oyidan beri narxlar (hech bir ogohlantirishsiz?) qayta-qayta oshgan bo`lsa-da, oylik ish haqlari faqat bir marta, 12 foizga ko`taril(a)di.

Oxirgi uch oyda bug`doy uni narxi 15-23 foizga oshgan. Tabiiyki un mahsulotlari narxi ham muqobil ravishda oshdi, ammo foizlar yanada yuqori. Ma`lumki, Qozog`iston hukumati ichki bozorda taqchillik yuzaga kelishining oldini olish uchun bug`doy va unning ikki oylik eksportiga kvota kiritgan edi, hozirda un narxlarining keskin oshishiga yuqoridagi sabab omil deb ko`rsatilmoqda.

Mart oyida shakar narxi keskin ko`tarildi. Ayrim chakana savdo nuqtalarida shakarning narxi deyarli 2 baravar oshdi, bundan vahimaga tushgan aholi narxlarning sun`iy oshirilishiga ham hissa qo`shdi.

Yil boshidan buyon shakar, yog`, go`sht, sabzavotlar, tuxum kabi ehtiyoj mollarining narxlari bir necha marta yakka tarzda oshib borishi kuzatildi. Xususan, o`simlik yog`i narxlari muqobillashtirilishi bir necha bor aytilgan bo`lsa-da, o`tgan yildan buyon ko`tarilishda davom etmoqda.

May oyi oxirida «O`zbekneftgaz»ga qarashli AYoQShlarda AI-80 markali benzin narxi ko`tarilib, 6800 so`mdan sotila boshladi. Kompaniya buni birjada narxlar ko`tarilish bilan izohlagan.

Rasmiy ma`lumotga ko`ra, aprel oyida tovarlar va xizmatlar o`rtacha 1,5 foizga oshgan, oxirgi 1 yilda O`zbekistonda kungaboqar yog`i 26,9 foizga, paxta yog`i 28,9 foizga, shakar 36,6 foizga, suyakli mol go`shti 8,5 foizga qimmatlashgan. Mart oyida yillik inflyasiya darajasi 10,5 foizga oshgan, mos ravishda oziq-ovqat mahsulotlari sektoridagi inflyasiya darajasi 14,5 foizni tashkil qilgan.

Kecha, 30 may kuni qolipli non narxlarining oshishi ma`lum bo`ldi. Ammo, mas`ullar aytganidek holatning vaqtinchalik ekaniga xalq negadir ishonmayapti.

Bugun, 31 may kuni “O`zbekneftgaz” Aksiz soliq stavkalari miqdorlarining 2022 yil 1 iyundan o`zgarishi hisobiga “O`zbekneftgaz” AJ AYoQShlarida benzin narxi oshmaydi, deya bayonot berib chiqdi.

Ammo, AI-80 benzin narxlari o`tgan bir hafta davomida birdaniga 300 so`mga, 6800 so`mgacha oshirilgan edi. Aksiz narxlari esa ushbu navli benzinga jami 70 so`mga (35 so`m aksiz solig`i, 35 so`m iste`molchi solig`i) oshishi kerak edi, ya`ni AI-80 narxi ortgan aksiz solig`idan ortiq darajada oshib bo`lgan, aholi benzinni oshgan narxlarda xarid qilmoqda.

Mazkur bayonot benzin narxi endi qaytadan oshirilmasligini bildiradimi yoki “O`zbekneftgaz” AJ AYoQShlardagi narxlardan bexabarmi, bunisi noma`lum.

Aytish mumkinki, markasi 91 dan yuqori bo`lgan benzin navlari bo`yicha esa aksiz solig`i o`zgarishsiz qolgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.06.2022 18:52
Хакикатни тиклаш кийин, тинглашмайди. Вилоятларда электрон тизимни аксарият ходимлар тушунмайди
02.06.2022 18:43
Буханка нон 1600 сўмдан 2800 сўмга чиқди! Эссизгина 30 йил бехуда ўтиб кетди. Ўзбекистон шу тинч ва осойишта даврда ривожланган, қудратли мамлакат бўлиш ўрнига коррупционер амалдорлар қўлида дунёга мардикор етиштириб берувчи ночор ва бечора бир давлатга айланди. Минг афсус!
01.06.2022 00:01
Ассалому алейкум битта ойликка яшайдиганлар нима килишади