Kecha, 16 maydan O`zbekistonda mahalla fuqarolar yig`ini raisi — oqsoqoli saylovi boshlandi.
Bugungi ma`lumotlarga ko`ra, saylovning birinchi kunida 52 foiz amaldagi raislar g`alaba qozongan.
Xo`sh, aslida boshlangan saylovlardan xalq rozimi?
Agar saylov jarayonlari adolatli kechsa jamiyatda o`zgarishlar bo`lishini bugun har bir hududda fuqarolar anglab etgan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda mahalla fuqarolar yig`ini raisi — oqsoqoli saylovi boshlaniganidan turli noroziliklar ko`payayotgani haqidagi xabarlarning paydo bo`lishi, bu tizimda adolatli saylov bo`layotganiga shubha uyg`otadi.
Aynan shu sababli Rost24.uz axborot sayti saylov jarayonlarida kechayotgan turli vaziyatlar uchun “Siz saylovdan rozimisiz?” loyihasini ochiq e`lon qiladi.
Ushbu loyihada doirasida har bir fuqaroga takliflarini, muammolarni, saylov jarayonlaridagi voqealarni, adolatli va adolatsizlik holatlarini aytish imkoniyati beriladi.
Xalq tomonidan saylanishi lozim bo`lgan mahalla raisligiga amaldorlarning aralashuvi kuzatilmayaptimi? Guruhbozlik, tanish-bilishchilik bo`lmayaptimi?
Nima uchun norozilik holatlari ko`paymoqda?
Eng ko`p qaysi hududlarda fuqarolar saylovdan rozi emas?
Sizning mahallangizda saylov adolatli o`tayaptimi?
Saylovlar haqidagi har qanday masalalar uchun Rost24.uz sayti ochiq minbar beradi.
Biz bilan bog`laning. Murojaat uchun: @U_Qurbonov
Adolatli jamiyat qurish uchun birgalikda kurashamiz.