Xabaringiz bor, «Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondi raisi Jahongir Usmonovning nomi bir nechta dunyo rahbari, siyosatchi va milliarderlarning maxfiy boylik hamda moliyaviy hujjatlari fosh etilgan «Pandora hujjatlari»ga kiritilgani yuzasidan saytimizda maqola e`lon qilingandi va ma`lum muddatdan so`ng (jamoatchilikka ma`lum qilingan sabablarga ko`ra) u maqola olib tashlangan edi. Usmonov bugun AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida bu masalaga munosabat bildirdi:
«Panora qog`ozi... shu firma to`g`risida mening xabarim yo`q, hozir aniqlashtiryapman. Bu jarayon oson emas ekan. Rostdan ham, shunday firma bor, orollarda ro`yxatdan o`tgan, lekin boshqa ma`lumot yo`q ekan. Men bu ma`lumotni beraman, albatta. Ikkinchidan, O`zbekiston fuqarolariga ofshor kompaniyalarning qonun bo`yicha ochish mumkin bo`lmasa, ayting. Biz sir saqlayotganimiz yo`q»,dedi u.
Usmonov anjumandan ketayotganda Rost24.uz muxbiri «Ishlaringiz shaffof ekan, alohida intervyu bera olasizmi?», degan savol bilan yuzlandi. Jahongir Usmonov esa savolga javob bermay qochib qoldi.
Videoda ko`ring: