Yarim yildirki O`zbekistonda davlat tilini rivojlantirishga mas`ul topilmayapti

26.04.2022 17:38

Butun Oʻzbekistondan Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri lavozimiga bironta loyiq nomzod yoʻqmi? Mana yarim yildirki, bu lavozim bo'sh/

Hukumatning tegishli qaroriga (686-son, 17.11.2021y.) binoan, Qirgʻizboyev Abdugʻaffor Karimjonovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlanadi. Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri lavozimidan ozod etiladi. Oradan yarim yil oʻtgan boʻlsada, Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri lavozimiga bironta nomzod topilgani yoʻq. Yaʼni, lavozim boʻshligicha qolmoqda. Baʼzida kerak boʻlmagan odamning yoʻq boʻlishi ortiqcha muammo uygʻotmaydi.

Vazirlar Mahkamasi Bosh mutaxassisi Gʻofur Hamroyevning Rost24.uz muxbiriga javob berishicha, hozirda mudirlik lavozimi vakant boʻlib qolmoqda. Mutaxassis Hamroyev boʻsh lavozim uchun necha kishi talabgor boʻlgani haqida maʼlumotga ega emasligini bildirdi.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Prezidentning 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan edi. Oʻsha yilning oʻzida departamentga Abdugʻaffor Qirgʻizboyev mudir etib tayinlangan. Keyinchalik departament tomonidan har bir davlat tashkiloti va vazirliklarga davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi tayinlandi. Departament tomonidan OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari hamkorlikda “Davlat tilida ish yuritish” kitobi nashr etildi. Qolaversa, bayram va adiblarning tavallud ayyomi arafasida departament mudirining davralarda soʻz olishi shunday tashkilot borligini yodga solib kelmoqda.

Ammo, 3 yil davomida departament faoliyat yuritib kelgan boʻlsada davlat tili bilan bogʻliq muhim masalalarga yechim topilmadi. Xususan, “davlat tili toʻgʻrisida”gi qonun Qonunchilik palatasidan Senatga yetib kelgach suvga choʻkkandek yoʻq boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi 2022-yilda oʻz mudiriga ega boʻlmagan maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamentiga 5 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
09.05.2022 18:13
Ўттиз йил жуда камде😂яна эллик йил чидаб беринглар давлат тилни ривожлантриб юборамиз😂
27.04.2022 16:50
Qozoqboy Yo'ldoshevni tavsiya qilaman. Bunday o'zbek tili uchun jonini kuydirgan insonni ko'rmadim hali.
27.04.2022 09:57
Давлат тилини ривожлантириш департаменти шунчаки ташкил этилмаган.Муносиб номзод йуклиги бу кераксиз дегани эмас. Хар Бир вазиятга Хар Ким уз фикралаш доирасида бахо бериши нотугри.Бу йуналишда амлга ошириладиган ишлар куп ва албатта натижа булади.
27.04.2022 03:14
Рахмат сизга Анора синглим мукаддас тилимиз кадри хакида куйинаётганингиз учун.Тугриси ОАВ.лари ичида бу масалага сиздан бошка яна кимдир жони ачишини курмаяпман.Гуёки жамиятимизда тилимиз мавкеи унинчи,эллигинчи ёки юзинчи уринда турадиган масаладай каралади. Моддий эхтиёждан нари ута олмаётган оломоннинг "нон","туз"дея хайкириги ичида биргина одамнинг "шурлик она тилим"деган нидосини хеч ким эшитмаслиги алам килади одамга.Нахотки биз кириб колган боши берк кучвдан чикишни имкони йук.Бу хакда канча уйламай унинг ечимига эришмадим.Анора нима деб уйлайсиз,лойга ботиб колган аравани ундан тортиб чикариш учун нима кулимиздан келади?