O`zbekiston taraqqiyoti qanday omillarga bog`liq? Amaldorlar va xalqning fikri bu borada bir xilmi?
Rost24.uz bu safar ayni masala yuzasidan odamlar fikri bilan qiziqdi:
— O`zbekiston rivojlanishi uchun nima qilish kerak, buning uchun nima etishmayapti?
Javoblar turlicha bo`ldi:
- Rivojlanishimiz uchun, birinchi o`rinda oyliklarni ko`tarish kerak. Oyliklar juda past. O`rtacha, kamida 7 mln so`m qilib berishsa, shunda uch-to`rtda bolani boqsa bo`ladi;
-Prezidentimizning hamma qarorlarini vaqtida bajarishi kerak;
-UzAvtoMotors zavodini yopish kerak;
- eng avval poraxo`rlarni yo`qotish kerak, shunda tanish-bilishchilik kamayadi. Keyin, O`zbekiston tez rivojlanishga erishadi;
-hamma narsani prezidentimiz o`ylab qilyaptilar, hamma yoq yaxshi, rivojlanyapti. Shu faqat, bozor-o`charlar qimmat bo`lib ketibdi;
-ta`lim tizimini to`liq korrupsiyadan tozalash kerak, keyin haqiqiy mutaxassislar etishib chiqadi;
-hammasini almashtirish kerak;
Batafsil videoda ko`ring: