O`zsanoatqurilishbank Sirdaryo viloyat filiali o`tgan yilda 1500 yangi ish o`rinlari yaratgan

18.04.2022 11:21

Reklama huquqi asosida

OAV xodimlari Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialida xalqqa ko`rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishtirildi. 

Soha sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash borasida bank filiali tomonidan 2021 yilda 506,3 mlrd. so`mlik kredit mablag`lari ajratib, 1500 yangi ish o`rini barpo etilgan. 

Jurnalistlar ushbu yaratilgan ish o`rinlarining bir nechtasini o`z ko`zlari bilan ko`rishdi. 

Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “MISS MILEDI” korxonasi, qizilmiya qayta ishlashga ixtisoslashgan “ORAL EKSPORT IMPEX” MChJ, tibbiy xizmatlar ko`rsatgan “ABROR UROLOGIYA KLINIKASI”ning faoliyati OAV xodimlariga tanishtirildi.

Raqamlarga e`tibor qiladigan bo`lsak, muassasa tomonidan kredit ajratish tezkorligi yuridik shaxslar uchun 3,1 barobarga va jismoniy shaxslar uchun 1,7 barobarga oshgan, bank mahsulotlari soni 1,5 barobarga ko`payib, chakana mijozlar soni 4,2 barobarga o`sgan.

2021 yilda kichik va o`rta biznes sub`ektlariga kredit ajratish belgilangan rejadan 108 foizga, aholi bo`sh pullarini omonatlarga jalb qilish esa 183 foizga bajarilgan.

Matbuot anjumanida filial tomonidan mijozga yo`naltirilganlik tamoyili asosidagi ishlar faol davom etayotgani ta`kidlandi.

Tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning o`tgan birinchi choragida 300,1 mlrd. so`m miqdorida kredit mablag`lari ajratilib,  pirovardida, 20ga yaqin loyihalar ishga tushirilgan, mingdan ziyod yangi ish o`rinlari tashkil etilgan.

Bank Axborot xizmati

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар