Hokimlik munosabat berdi: “Bunyodkor” mahallasining asosiy ko`chasini zamonaviylashtirish ishlari tez kunda boshlanadi

18.04.2022 09:20

Shu yilning 13 aprel kuni saytimizda: «...“Bomba tushgan“ ko`chalardan reportaj. Rost24.uz'ning navbatdagi so`rovnomasi Toshkent tumani, Bunyodkor mahallasida o`tkazildi» sarlavhasi ostida videolavha e`lon  qilingan edi.

Toshkent tumani hokimligi so`rovnomada ko`arilgan masalalarga o`z munosabatini bildirdi .

Unda, Toshkent tumani hokimi “Bunyodkor” mahallasi fuqarolari bilan uchrashish uchun ikki oy oldin (fevral oyida) borgani, shu kungacha esa  hududga 4-5 marotaba borib, aholining barcha talab va istaklarini tinglagani, natijada kelishuvga erishilgani aytiladi.

Biroq,

«...ushbu hududda qurilish qilayotgan tadbirkorlar mahallada istiqomat qilib kelayotgan ba`zi shaxslar tarafidan tazyiqqa uchraganligi sababli qurilish ishlarini davom ettirish ishlari muddati uzaytirilgan. Qolaversa, mahallada istiqomat qiluvchi xonadonlarning aksariyatida qurilish ishlari yakuniga etkazilmagan va ko`chalarning “bomba tushgan” holatga kelib qolishiga bu ko`chalarda qurilish materiallarini tashuvchi yuk mashinalarning serqatnovligi sabab bo`lgan».

Mahalladagi muammoga echim bormi?

«O`zbekiston Respublikasi Prezidentining (22.01.2022, PQ-98-son) qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati Toshkent tumani “Bunyodkor” mahallasi Zarbuloq asosiy ko`chasining me`moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish (velosiped va piyodalar yo`lagi) zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari asosida loyihalashtirish rejalashtirilgan bo`lib, “Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” buyurtmasiga ko`ra ob`ektni loyihalashtirish ishlari yakunlangan va tez kunlarda qurilishi ishlari boshlanadi.

Loyihada “Bunyodkor” mahallasining asosiy Zarbuloq ko`chasining bir yarim kilometr qismida piyodalar yo`lagi, yoritish tizimlari, sog`lomlashtirish yo`lakchasi, urna, aholi dam olishi uchun o`rindiqlar, soyabonli o`rindiqlar, salomatlik uchun zarur bo`lgan sport inshootlarini qurish va yangi ariqlar qo`yish ish turlari ko`zda tutilgan. Shuningdek, loyihaga nogironlar aravachasida yurish uchun qulaylik yaratish maqsadida panduslarni o`rnatish ham kiritilgan», deyiladi munosabatda.

Yuqoridagi loyihaga kiritilmagan ko`chalar bo`yicha hokimlik fuqarolarga tushuntirish berganini ta`kidlagan.

«...loyihaga kiritilmagan ko`chalari tuman mahalliy byudjet daromadlaridan ajratilgan pul mablag`lari hisobidan, jamoatchilik fikri asosida “Open byudjet” dasturi doirasida ta`mirlash mumkinligi fuqarolarga tushuntirilgan.

Ayni vaqtda  “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening yo`lim” loyihasini ishga tushirilgan bo`lib, fuqarolar tuman (shahar) byudjeti parametrlarida hududiy ichki yo`llarni ta`mirlash uchun ajratilgan mablag`larning kamida 50 foizini “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo`llarni ta`mirlash uchun yo`naltirish imkoniyatiga egadirlar. Buning uchun ushbu havola  orqali tashabbus qo`shish va ovoz berish hamda tashabbusga mahallada istiqomat qiluvchi aholining ovoz berish jarayonida uyushqoqlik faol ishtirok etishi talab etiladi» — deyilgan Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati xabarida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.04.2022 15:03
Рост 24 журналистлари хурматли Анарохон сийним жуда яхши энг долзарб мавзуларни кутариб чиквотсиз барака топинг умриз узок булсин Аллох дойим кулласин хурмат билан Кибрай туман кенгаши халк депутати Олим Сулайманов илтимос менга вакт топиб телефон ☎️ киворинг ☎️ +998935357336