Uchtepa tuman rahbarlarining tezkorligiyu topqirligiga «5» baho

19.10.2021 17:51

Tokio shahrida bo`lib o`tgan XVI yozgi Paralimpiya o`yinlarida para-engil atletikaning F12 klassida ayollar o`rtasida yadro uloqtirish bo`yicha oltin medal sohibi, Safiya Burhonova Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi, «Vatanparvar» mahallasida istiqomat qiladi.

Sofiyaning oltin medalni qo`lga kiritgani mahalla ahlini ikki karra quvontirdi. «Endi tumanimiz mutasaddilari, rahbarlar Sofiyani qutlash uchun mahallamizga kelishadi, hududimiz obod bo`ladi», deb o`ylashgan edi.

Hammasi rejadagidek bo`ldi, Uchtepa tuman hokimligi mutasaddilari va bir qator tashkilot vakillari chempion qizimizni g`olib bo`lgani bilan tabriklash uchun uning uyiga kelishdi, Burhonovaga sovg`alar taqdim etishdi.

Biroq, hokimlik vakillarning tezkorligiyu topqirligiga «5» baho qo`yishga majburmiz.

Safiya Burhonova yashaydigan ko`pqavatli uyning kirish yo`lagi, kameraga ko`rinishi kerak bo`lgan ba`zi joylar bir kechada ta`mirlandi. Mahalla ahli kutgan rahbarlar esa imi-jimida kelib ketishdi.

1967 yildan buyon qarovsiz qolgan mahalla yana e`tiborga muhtojligicha qolmoqda. Quyida Uchtepa tumani «Vatanparvar» mahallasining bugungi ko`rinishi aks etgan suratlar taqdim etiladi. 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
28.10.2021 07:28
Ит билан эшакни канча килма тарбия ит булур эшшак булур асло булмас одами.
22.10.2021 20:26
бизаникила одам бумиди
20.10.2021 06:12
Bu yangilik emas-ku