Rost24 detektori: Alisher Sa`dullaev festival yoshlari emlangani va xavfsizligi haqida yolg`on gapirdimi?

01.07.2021 19:21

Alisher Sa`dullaev 2017 yildan buyon hukumat tepasida. U hukumat vakillari orasida yurib yolg`on gapirishga odatlanib ulgurdimi?

Rost24.uz sayti yangi loyihasida hukumat vakillari va rahbarlari gaplarini rost va yolg`onligini tekshirib borishni yo`lga qo`ydi.

Bugun, Rost24.uz detektori nishonida Alisher Sa`dullaev.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa`dullaev Botanika bog`ida o`tgan Yoshlar forumi doirasida jurnalistlarga bergan intervyusida festival qatnashchisi bo`lgan yoshlar koronavirusga qarshi emlanganini ma`lum qilgan.

Biroq, mutaxassislar ma`lumotiga ko`ra faqatgina 18 yoshdan yuqori bo`lgan yoshlarnigina koronavirusga qarshi emlash mumkin. Yoshlar festivali ishtirokchilarining aksariyati esa maktab yoshidagi 18 ga to`lmagan bitiruvchilarni tashkil etadi. Shu bilan birga koronavirusga qarshi emlangan vaksina turiga ko`ra 2-3 doza olinadi. Har bir doza orasi 20 kundan iborat bo`lishi kerak. Koronavirusga qarshi to`liq emlangandan so`ng 20 kun o`tib emlangan kishida to`liq immunitet hosil bo`ladi.

Shunday ekan Alisher Sa`dullaevning botanika bog`ida o`tgan yoshlar forumida yoshlarning emlanganligi haqidagi ma`lumoti qanchalar rost va asosli?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
13.07.2021 12:47
Буям шу эски Камолотни тадбирфарастларидан биттасида. Узини фикри йук вакцинация нималигини,коидаларини каердан билади бу тадбирпараст.
02.07.2021 12:48
Балки 18 ёшга тўлганлапни назарда тутгандир, аммо барча эмланганлиги тўғрисида айтган бўлса,, бу унинг дунёқараши пастлигидан деб тушинса бўлади,,,, ҳар бир раҳбарлик, яъни лавозим турига қараб бршқариш ва гапиришнинг ўз йўллари хамда мақсади бордир,,,
02.07.2021 12:33
bu bola ham nima qilsin! qulidan kelgani yaxhsi PR qilish undan ortig'ini e'play olmaydi deb uylayman! Lekin yaxshi idorada utirib xizmat mashinalaridan muammosiz foydalanadi!
01.07.2021 21:16
Gap yuq omma lekin rossa joyidan ushlabsilar