Mediada mavqeni qayta egallayotgan Abduxoliqovdan, o`rnini yo`qotayotgan Allamjonovgacha...

29.06.2021 11:46

Eslatma: Har qanday so`rovnoma aniq darajani belgilamasa-da, berilgan javoblar va fikr-mulohazalar asosida umumiy tasavvurni shakllantirish mumkin.

Rost24.uz axborot sayti 27 iyun – matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan “O`zbek jurnalistikasi rivojiga ta`sir o`tkazayotgan lider deb kimni e`tirof etasiz?” nomi ostida ijtimoiy so`rovnoma o`tkazdi.

Unda jurnalistika sohasida bevosita ta`sir kuchiga ega bo`lgan quyidagi rahbar-liderlar nomi e`tirof etildi.

1. O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi kengashi raisi, Kinematografiya agentligining bosh direktori Firdavs Abduxoliqov;

2. O`zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O`sarov;

3. Xalqaro Press klub rahbari, O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo`jaev;

4. Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov.

Xolis muxlislar e`tiboriga havola etilgan ushbu so`rovnomaning natijasiga ko`ra, Firdavs Abduxoliqov eng yuqori natijani qo`lga kiritdi. Ma`lumki, EOAVMA kengashi raisi O`zbekistonda hukumat o`zgarish jarayonida biroz sahna ortiga o`tgan edi. So`rovnomada F.Abduxoliqov o`zidan keyingi ta`qibchisidan ham ikki barobar ko`p ovoz to`plagani hamda unga nisbatan bildirilgan munosabatlar o`zbek media olamida bugun yana o`z mavqeni qayta tiklayotganidan darak bermoqda.

Komil Allamjonov kamida ikkinchi o`rinni egallashi kutilgan edi. Ammo Sherzod Qudratxo`jaev undan ikki barobar ko`p ovoz va izohlar bilan bu o`rinni band etib qo`ydi. Bu esa kutilmagan va taajjubli natija bo`ldi. Ko`p emas, bir, ikki yil oldin K.Allamjonov OAV sohasida anchagina ta`sir kuchiga ega edi. Ayni damda esa negadir sahna ortiga qarab ketmoqda. Sabablarini esa har kim turlicha talqin qilishi mumkin.

Eng so`nggi o`rinni band etgan Olimjon O`sarov natijasi oldindan kutilgan edi. Hatto ko`pchilik hamkasblar tomonidan ham bashorat qilingan. Sababi ham aniq. O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisligiga kelganiga hali bir oy ham bo`lmagan O.O`sarov bu soha uchun hali biror ish qilib ulgurmagan edi. Ammo tan olib aytish joizki, qisqa muddatda soha rivoji uchun harakatlar boshlab yuborgani sezilmoqda. Uning jurnalistlarni qo`llab-quvvatlash ishlarini amalda bajarayotgani ijtimoiy tarmoqlar orqali ko`pchilikka ayon bo`lib ulgurdi.

Rost24.uz reytinglarni davom ettiradi, kuzatishda davom eting.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар