Prezident Allamjonovning “potensial qotillar haqidagi” ayblovlarini yo`qqa chiqardi

11.02.2022 17:58

Yo`llardagi avtohalokatlarning asosiy sababi haydovchilik guvohnomalari olishdagi poraxo`rlik emas

Xabaringiz bor, keyingi vaqtlarda Komil Allamjonov va unga hamfikr bo`lgan blogerlar tomonidan rosa kuyunchaklik bilan yozilgan postlarda yo`l transport hodisalarining asosiy sababi sifatida haydovchilik guvohnomalari olishdagi tizim kamchiliklari sanab kelinadi. 

Bugun Prezidentimiz o`tkazgan yig`ilishda sohadagi ayanchli holat statistik ma`lumotlar asosida tanqidiy tahlil qilindi.

Unda tahlillarga asoslangan sabablar davlat rahbari tomonidan keltirib o`tildi. 

Aytilishicha, avariyalarning:

- 45 foizi haydovchilarning qoidalarni mensimasligi;

- 10 foizi haydovchilarning tajribasizligi;

- 25 foizi yo`l holati va infratuzilmasi talabga javob bermasligi;

- 20 foizi piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi oqibatida sodir bo`lmoqda.

Bu sabablar orasida ko`rganingizdek, imtihonlar keltirib o`tilmagan. Demak,  Milliy mass-media fondi raisi  blogerlar yordamida ommani manipulyasiya qildi. Hamda buning ortidan esa yirik daromadli biznesga asos solindi. 

“Yuqoridagi muammolarning barchasi ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham xavfsizlik masalalariga bevosita bog`liq. Shu bois, 2022 yilda barcha hududlarda “Xavfsiz yo`l va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturini amalga oshiramiz”, dedi Prezident.

Misol uchun, 2021 yilda aniqlangan 7,7 million huquqbuzarlikdan 46 foizi qo`pol qoidabuzarliklar hisoblanadi. Ayniqsa:

- mast holda boshqarish Samarqand (12 mingta), Toshkent viloyati (8,5 ming), Farg`ona (7,5 ming) va Toshkent shahrida (7 ming);

- qizil chiroqdan o`tish Toshkent viloyati (62 ming), Samarqand (51 ming) va Toshkent shahrida (47 ming) ancha yuqori.

Allamjonovning so`zlari asosan aholi manfaati emas, o`z manfaati uchun ekanligi yana bir bora o`z isbotini topdi.

Eslatib o`tamiz: Komil Allamjonov oktyabr oyida avtomaktablarni potensial qotillarni etkazib berishda ayblagan edi.  «Avtomaktablar soqqa qilish bilan ovora», deya qayg`urgan Komil Allamjonov bugun “Yagona imtihon markazi” ortida o`zi “soqqa” qilayotganini tan olgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
34
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.02.2022 19:24
Maktablar ham yahshi uqitmaydi, uquvchi ham yahshi uzlashtirmaydi, eng yomoni gai dagilar umuman imtihon qilmaydi faqat pul oladi🙄
12.02.2022 02:45
Allamjarov faqat muommaga bir tamomlama yondashgan menimcha ypx hodimlarni hm sinash kerak kollejlarni bitkazgan safdorlar no mutaxasis malakali oliy malumotli kamida avtodaroji tugatgan va ularni sonini yulda kezib yuruvchi ypx hodimlarni misol uchun Qoraqolpogistonda 120 ta ypx hodimi bor 1 ypx 10000 kisha tugri keladi bu juda kam
12.02.2022 01:09
Юртбошимиз тўғри маълумтни берибдилар. Раҳмат.